UMUMIY XARID TO‘G‘RISIDAGI E’LON
|
Davlat: |
O‘zbekiston Respublikasi |
|
Loyiha nomi: |
4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – G‘allaorol avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasi (24–182 km) |
|
Soha: |
Transport infratuzilmasi |
|
Moliyalashtirish turi: |
Bo‘lib-bo‘lib to‘lash |
|
Loyiha kodi: |
UZB-1048 |
- O‘zbekiston Respublikasi hukumati Islom taraqqiyot bankidan (ITB) 192,00 million AQSh dollariga teng moliyalashtirish olish uchun ariza bergan bo‘lib, ushbu mablag‘ 4R40 Dashtobod–Zomin–Baxmal–G‘allaorol avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasi (24-182 km) qiymatini qoplashga yo‘naltiriladi. Shuningdek, ushbu mablag‘ning bir qismi loyiha doirasida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va konsalting xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
- Ayrim loyiha tarkibiy qismlari bo‘yicha oldindan shartnoma tuzish (advanced contracting) ishlari Islom taraqqiyot bankining oldindan roziligi asosida amalga oshirilishi mumkin.
Loyiha quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
|
Komponent 1 |
Avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha qurilish ishlari 4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – G‘allaorol avtomobil yo‘lini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha qurilish ishlari — umumiy uzunligi taxminan 143 km bo‘lgan yo‘lni o‘z ichiga oladi. Ushbu ishlar doirasida 15 km uzunlikdagi yangi yo‘l tog‘li hududlar va Zomin suv omborini aylanib o‘tish uchun quriladi, 128 km mavjud yo‘l rekonstruksiya qilinadi hamda 30 km xizmat yo‘llari vaqtinchalik va keyingi mahalliy transport harakati uchun tiklanadi. Qurilish ishlari bo‘yicha shartnomalar xalqaro tanlov savdosi (ICB) va milliy tanlov savdosi (NCB) tartib-taomillari orqali, ishtirokchilarning oldindan malaka tanlovidan o‘tkazilganidan so‘ng, amalga oshiriladi. |
|
Komponent 2 |
Qurilish nazorati xizmatlari Islom taraqqiyot bankiga (IsDB) a’zo davlatlarning konsalting kompaniyalari orasidan sifat va qiymatga asoslangan tanlov (QCBS) usuli orqali tanlab olinadi. |
|
Komponent 3 |
Loyihani boshqarishni qo‘llab-quvvatlash. Loyiha xarajatlari “shopping” usuli orqali moliyalashtiriladi, hamda asosiy xodimlar individual maslahatchilarni tanlash usuli orqali tanlab olinadi. |
|
Komponent 4 |
Loyihaning moliyaviy auditi mahalliy konsalting kompaniyalarining qisqa ro‘yxati orasidan eng past qiymat asosidagi tanlov (LCS) usuli orqali tanlab olinadi. |
- Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladigan shartnomalar bo‘yicha xarid jarayonlari “Islom taraqqiyot banki loyihalarini moliyalashtirish doirasida tovarlar, ishlar va tegishli xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha qo‘llanma” (2019-yil aprel, 2023-yil fevralda qayta ko‘rib chiqilgan) talablariga muvofiq amalga oshiriladi hamda ushbu qo‘llanmada belgilangan barcha malakali ishtirokchilar uchun ochiq hisoblanadi.
Konsalting xizmatlarini tanlab olish esa “Islom taraqqiyot banki loyihalarini moliyalashtirish doirasida konsalting xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha qo‘llanma” (2019-yil aprel, 2023-yil fevralda qayta ko‘rib chiqilgan) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Islom taraqqiyot bankining ICB, QCBS va LCS tartib-taomillari asosida o‘tkaziladigan tenderlar bo‘yicha maxsus xarid e’lonlari quyidagi platformalarda e’lon qilinadi (ular tayyor bo‘lishi bilan):
- Islom taraqqiyot banki (IsDB) rasmiy veb-sayti
- DgMarket
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Biznesi (UNDB) Online portali
- Ijrochi agentlikning rasmiy veb-sayti
- Mahalliy gazetalarda
Oldindan malaka tanloviga oid hujjatlar IsDB, DgMarket, UNDB hamda Ijrochi agentlik (EA) veb-saytlarida mavjud bo‘ladi.
- Aloqa ma’lumotlari
Idora nomi: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “Avtoyulinvest” agentligi
Mas’ul shaxs va lavozimi: Asliddin Isayev, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Avtoyulinvest” agentligi direktori
Manzil: Mustaqillik prospekti, 68A-uy, 100000, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
Telefon: +(99871) 237-03-94; +(99871) 237-03-96
Elektron pochta: piuisdb4r40@gmail.com; info@uzavtoyul.uz
Veb-sayt: https://gov.uz/uzavtoyul/
