Murojaatlar - Reglament
O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining faoliyati masalalari
«Call-center» va «Ishonch telefoni» bo‘yicha
REGLAMENT
O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining faoliyati masalalari «Call-center» va «Ishonch telefoni» bo‘yicha ushbu reglament «Qo‘mita faoliyati masalalari bo‘yicha yagona telefon» hamda «Ishonch telefoni» orqali olingan xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. «O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuri Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining «Call-center» hamda «Ishonch telefoni» fuqarolar (tashkilotlar)ning qo‘mita faoliyati to‘g‘risidagi axborotni xabar qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish vositasi hisoblanadi.
1.2. Reglamentda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar quyidagi ma’noga ega: - «Call-center» hamda «Ishonch telefoni» tizimi - maxsus telefon aloqa kanali orqali o‘tgan fuqarolarning telefon xabarlarini qabul qilish texnik vositalari majmui;
- «Call-center» hamda «Ishonch telefoni» tizimini o‘rnatish va ishchi holatda saqlash;
operator - O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining «Call-center» hamda «Ishonch telefoni» orqali olingan xabarlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni ta’minlaydigan vakolatli mansabdor shaxsi;
- arizachilar - «Call-center» hamda «Ishonch telefoni»ga murojaat etuvchi shaxslar;
- «Call-center» hamda «Ishonch telefoni» ga xabar - O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi arizachidan olgan, ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan qo‘mita faoliyati va boshqa masalalar to‘g‘risidagi axborot.
2. « Call-center» hamda «Ishonch telefoni» ishini ta’minlaydigan kuchlar va vositalar
2.2. «Qo‘mita faoliyati masalalari bo‘yicha telefoni hamda «Ishonch telefoni» tizimi Qabulxona hamda Qo‘mita Umumiy bo‘limda tegishli ravishda o‘matiladi.
2.3. O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining aloqa tarmog‘i «Qo‘mita faoliyati masalalari bo‘yicha telefoni hamda «Ishonch telefoni» ishining uzlyuksizligini va uning texnik jihatdan sozligini ta’minlaydi.
2.4. «Qo‘mita faoliyati masalalari bo‘yicha telefoni hamda «Ishonch telefoni» raqami internet tarmog‘ida O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining rasmiy veb-sayti - http: //www.uzavtoyul .uz/ da joylashtiriladi.
3. «Qo‘mita faoliyati masalalari bo‘yicha telefoni hamda «Ishonch telefoni»dan tushgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, xabarlarni hujjatlashtirish va ularning yozuvlarini manfaatdor bo‘linmalarga yuborish
3.1. «Qo‘mita faoliyati masalalari bo‘yicha telefoni hamda «Ishonch telefoni»ga kelgan xabarlarni qabul qilish quyidagi telefon raqamiga amalga oshiriladi:
«Call-center» 1393 -
«Ishonch tel efon» +998 (71) 207-67-68 (149) -
Fuqarolar (tashkilotlar)ning xabarlarini qabul qilish mas’ul shaxslar tomonidan:
Ish kunlari -dushanbadan jumagacha soat 9.00 dan 18.00 gacha amalga oshiriladi.
1393-qisqa raqamli sall markaziga (24/7) fuqarolar og‘zaki ravishda murojaat qilishlari mumkin. Mazkur murojaatlar ham amaldagi tartib talablari asosida ko‘rib chiqiladi.
3.2. «Qo‘mita faoliyati masalalari bo‘yicha telefoni hamda «Ishonch telefoni»ga keluvchi xabarlar va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, tahlil qilish, hujjatlashtirish, ularni matn shakliga solish operator tomonidan har kuni, dam olish va bayram kunlaridan tashqari amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin, ish kuni davomida qo‘ng‘iroqlar bo‘lganda, operator arizachi bilan bevosita muloqotga kirishadi. Operator arizachiga o‘zini tanishtiradi.
3.3. Telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berayotganda mas’ul shaxs: - familiyasi, ismi, otasining ismi, egallagan lavozimini aytishi; - fuqaroga masalaning mohiyatini bayon etishni taklif qilishi; - agar fuqaroning murojaatida qo‘mita faoliyati to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmasa, qo‘ng‘iroq qiluvchiga u o‘z murojaatida ifodalangan ma’lumotlar mohiyati bo‘yicha qaerga murojaat etishi lozimligini tushuntirishi shart.
3.4. «Ishonch telefoni» orqali olingan xabarlar albatta ro‘yxatdan o‘tkaziladi, mas’ul shaxs tomonidan Jurnalga kiritiladi, Jurnalda quyidagi rekvizitlar ko‘rsatiladi:
- tartib raqami;
- xabar olingan sana va vaqt;
- murojaat etgan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- murojaat etgan fuqaroning pochta yoki elektron manzili, aloqa bog‘lash uchun telefon
raqami;
- tashkilotlar uchun:
tashkilotning nomi va manzili, murojaat etgan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, aloqa bog‘lash uchun telefon raqami;
- xabarning qisqacha mazmuni;
- ko‘rilgan choralar to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan xabar ko‘rib chiqish uchun kimga berilgani;
- izohlar.
3.5. Ijrochilar olingan axborot bilan ishni yakunlagandan keyin uning natijalari to‘g‘risida Qo‘mita raisiga axborot beradilar.
