Veb-saytni yuritish
Jumayeva Nilufar Hikmatullayevna
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi—Matbuot kotibi
Quyidagilar Matbuot kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qo‘mitaning zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini amalga oshirish;
keng jamoatchilikni Qo‘mita faoliyati haqida xabardor qilish;
ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda – OAV) bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash.
5. Matbuot kotibi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) Qo‘mitaning zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini amalga oshirishda:
Qo‘mita faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida Uzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlaydi;
Qo‘mita faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qiladi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiradi;
Qo‘mita faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantiradi va yuritadi.
yo‘l qurilishi sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni chop etish orqali keng jamoatchilikni xabardorlik darajasinini doimiy oshirib borish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining rasmiy bosma nashri tahririyatini tashkil etadi;
Qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar
va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;
axborot maydoni monitoringini olib boradi va tahlil qiladi, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlaydi, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etadi;
Qo‘mitaning faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi;
b) keng jamoatchilikni Qo‘mita faoliyati haqida xabardor qilishda:
sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar haqida, jumladan Qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali jamoyatchilikni xabardor qiladi;
Qo‘mita faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida Qo‘mita rahbariyatiga axborot beradi;
qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqni qo‘llash amaliyoti holati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtiradi va o‘z vaqtida yangilab boradi, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantiradi;
Qo‘mitaning rasmiy veb-sayti va “Shaffof yo‘l” platformasidagi “yangiliklar” bo‘limini mamlakatimizda bo‘layotgan muhim siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealar
va Qo‘mita faoliyatiga doir yangiliklar bilan doimiy ravishda yangilab boradi;
v) ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda:
OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar
va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;
Qo‘mita faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron xujjat shaklida) axborot taqdim etadi;
OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarining tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi;
Qo‘mitaning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Qo‘mita faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
g) axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlashda:
doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantiradi, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatadi, ommaviy tadbirlarni tashkil etadi;
Qo‘mitaning veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;
ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, Qo‘mita rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suxbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;
milliy va xorijiy axborot Qo‘mitalari hamda OAVning Qo‘mita faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi;
d) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlashda:
jismoniy va yuridik shaxslarning, Qo‘mitaga yo‘llagan murojaatlarini, shuningdek deputat so‘rovini tegishliligiga ko‘ra ko‘rib chiqadi va ularni ma’zmunan hal etish yuzasidan barcha zaruriy choralarni ko‘radi;
zarurat bo‘lgan taqdirda faoliyatga doir murojaatda keltirilgan masalani joyiga chiqqan holda o‘rganadi va qonuniy hal etilishini nazorat qiladi;
ijro tizim orqali kelib tushgan va nazoratda bo‘lgan hujjatlarni tizimdan yopish choralarini ko‘radi.
