Qo‘mita faoliyatining ochiqligi ko‘rsatkichlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.06.2022 yildagi PF-154-son «Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ochiqligi ko‘rsatkichlari
30.01.2025 у
|
T/r |
Baholash mezonlari |
Amalga oshirish mexanizmi |
|
1.1 |
Matbuot anjumanlari, brifinglar, press-turlar, taqdimotlar hamda boshqa tadbirlar (tadbirlar) soni |
Qo‘mita tomonidan o‘tkaziladigan matbuot ajumanlari, brifinglar, press-turlar, taqdimotlar hamda boshqa tadbirlar soni har chorak davomida 6 va undan ortiq bo‘lishi kerak. |
|
1.2 |
Ijtimoiy tarmoqlarda onlayn translyatsiyalar soni |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida onlayn translyatsiyalar soni har chorak davomida 6 va undan yuqori bo‘lishi kerak. |
|
1.3 |
Matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa tadbirlarda rahbarlarning ishtiroki |
Qo‘mita tomonidan o‘tkaziladigan matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa tadbirlarda Qo‘mita rahbariyatining ishtirokini ta’minlash. |
|
1.4 |
Axborotni yetkazib berish shakli |
Axborotlarni infografika yoki foto va video tarzida etkazib berish. |
|
1.5 |
Axborotning qamrovi |
Qo‘mita tomonidan o‘tkaziladigan matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa tadbirlarni radio, televideniya, gazeta, ijtioiy tarmoqlar, mesenjerlar va veb-saytlarda e’lon qilish. |
|
1.6 |
Sohaga oid muammolarni yoritish |
Sohaga oid muammolarni yoritish (radio, televideniya, gazeta, ijtioiy tarmoqlar, mesenjerlar va veb-saytlarda). |
|
1.7 |
Tanqidiy materiallarga munosabat bildirishning tezkorligi |
Tanqidiy materialla kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 soat ichida javob berish (radio, televideniya, gazeta, ijtioiy tarmoqlar, mesenjerlar va veb-saytlar orqali. |
|
1.8 |
Tadbirlar haqida axborotlarni rasmiy veb-sayt, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishini tezkorligi |
Tadbirlar yakunlangandan so‘ng 1 soat ichida rasmiy veb-sayt, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish. |
|
1.9 |
Rahbar yoki axborot xizmati rahbarining muayyan axborot voqeligi munosabati bilan rasmiy bayonot berishi |
Rahbar yoki axborot xizmati rahbarining muayyan axborot voqeligi munosabati bo‘yicha rasmiy veb-sayt, messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali video yoki matn formatda bayonot berish. |
|
1.10 |
Xorijiy ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilinishi |
Qo‘mitaning tashkiliy faoliyati haqida xorijiy ommaviy axborot vositalari materiallarida e’lon qilish. |
|
2.1 |
Qayta aloqa tizimining samarali yo‘lga qo‘yilganlik darajasi |
Faoliyat sohasiga oid aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tez-tez beriladigan savollarga javoblar uchun alohida sahifa tashkil etish hamda ularga qonunchilik hujjatlari asosida asoslantirilgan va o‘z vaqtida javoblar e’lon qilib borish. Shuningdek, sahifadagi savollarga javoblarni har 3 oyda yangilab borish. |
|
2.2 |
Tashkilot faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish darajasi |
Qo‘mita faoliyatiga taalluqli bo‘lgan (huquqiy maqomini, shu jumladan tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalarini belgilaydigan) normativ-huquqiy hujjatlar to‘liq e’lon qilish. |
|
2.3 |
Ichki idoraviy hujjatlarni e’lon qilish darajasi |
Qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarga oid masalalar, davlat xizmatlarini hamda xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatish tartibi, muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi hujjatlar e’lon qilish. |
|
2.4 |
O‘z kuchini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
Oldin qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hujjat qabul qilingan kundan boshlab yetti kun muddatda e’lon qilish. |
|
2.5 |
Tasdiqlangan dasturlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va Hukumat tomonidan davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida tasdiqlangan dasturlar va ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilish. |
|
2.6 |
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan va o‘tkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, seminarlar va brifinglar, davra suhbatlari, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, kundalik faoliyat to‘g‘risidagi boshqa axborotlar e’lon qilish. |
|
2.7 |
Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
Qo‘mitaning bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilish. |
|
2.8 |
Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilinishi |
Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari bilan birga ularning ishlab chiqilishi va idoralararo kelishuvi, shuningdek, muhokamasi o‘tkaziladigan elektron tizimlardagi (portal, platforma) havolasi haqidagi ma’lumotlar (loyihaning pasport ma’lumotlari) e’lon qilish. |
|
2.9 |
Muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
Tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari (komissiyalar, kengashlar, qo‘mitalar va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida to‘liq e’lon qilish. |
|
2.10 |
Davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy tuzilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
Qo‘mita tuzilmasining sxematik tasviri, shu jumladan hududiy organlari vazifalari va funksiyalarining tavsifi, hududiy organlar rahbarlarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda aloqa ma’lumotlari (telefon raqami, pochta, elektron manzili va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytda e’lon qilish. |
|
2.11 |
Idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning veb-saytiga havolalar mavjudligi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning veb-saytlariga havolalarni joylash |
|
2.12 |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinishi |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi (rahbarning qabul kunlari, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarning telefon raqamlari, manzilli rekvizitlar (pochta, elektron manzili va boshqalar), ma’lumotlar berish xizmati, “ishonch telefonlari”ning raqamlari, kirish yo‘llari, to‘xtash joylari, jamoat transporti raqamlari va javob xatlarini olish usullari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilish. |
|
2.13 |
Murojaatlarning umumlashtirilgan natijalarini e’lon qilib borish darajasi |
Qo‘mita tomonidan real vaqt rejimida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqida umumlashtirilgan ma’lumotlar (umumiy ko‘rib chiqilgan, shundan qanoatlantirilgan, tushuntirish berilgan, rad qilingan, taalluqliligi bo‘yicha yuborilgan, anonim deb topilgan va ko‘rib chiqilayotgan murojaatlar) e’lon qilish. |
|
2.14 |
Boshqa rasmiy veb-saytlar va Hukumat portaliga havolalarning mavjudligi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida internet tarmog‘idagi o‘ntadan kam bo‘lmagan |
|
2.15 |
Dolzarb mavzularga oid ma’lumotlar to‘plamining alohida bo‘limiga tizimlashtirish |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida ijtimoiy ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiq budjet va elektron davlat xizmatlari alohida bo‘limda joylashtirish. |
|
2.16 |
Matbuot xizmati va veb-sayt uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligi |
Matbuot xizmati va rasmiy veb-saytga axborotlarni joylashtirish va yangilash uchun javobgar xodimning aloqa ma’lumotlari (familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon, pochta va elektron manzillari)ni Qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga joylash |
|
2.17 |
Ma’lumotlarni boshqa tillarga sinxronlash funksiyalarining mavjudligi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytidagi barcha sahifalar va ularga joylashtirilgan ma’lumotlarni xorijiy tillarga (rus va ingliz) sinxron tarjima qilish funksiyasini joriy qilish. |
|
2.18 |
Rasmiy veb-saytning mobil versiyasi mavjudligi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytda mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayndagi yoki sahifalar moslashtirilgan veb-sayt versiyasini joriy etish. |
|
2.19 |
Yangi ma’lumotlar bilan interaktiv usulda tanishish imkoni mavjudligi |
Qo‘mitaning veb-saytidagi yangiliklar va yangilashlarga, shu jumladan yangilashlar va yangiliklarni yetkazib berishning ommabop avtomatlashtirilgan formatlari (SMS yoki PUSN xabar) orqali obuna bo‘lish imkoniyatini joriy etish. |
|
2.20 |
Jamoatchilik fikrini o‘rganish vositalarining joriy etilganligi |
Qo‘mitaning veb-saytida o‘z faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish maqsadida jamoatchilik fikrini o‘rganish vositalari (onlayn-so‘rovlar, bloglar, forumlar, onlayn-chat) joriy etilib, ularning natijalari to‘g‘risida hisobotlar e’lon qilish. |
|
2.21 |
Veb-saytda ma’lumotlarni qidirishning soddalashtirilgan usullari mavjudligi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-sayti xaritasida iyerarxik strukturasida foydalanuvchining joylashgan joyi aks ettirish funksiyasini joriy etish. |
|
2.22 |
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun veb-saytidan foydalanish qulayligi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun rasmiy veb-saytdan foydalanish uchun tashkil etilgan xizmatlar (veb-saytdagi matnni tovush jo‘rligida berish imkoniyati, audio va videomateriallarning matn yoki surdotarjima kuzatuvi) funksiyalarini joriy etish. |
|
2.23 |
Ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxslar uchun veb-saytdan foydalanish qulayligi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida ko‘rish qobiliyati cheklangan shaxslar uchun tegishli funksiyalarini joriy etish |
|
2.24 |
Axborotlarning sanasini ko‘rsatish tartibiga rioya qilinishi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga joylashtirilayotgan barcha axborot va ma’lumotlarning sanasi ko‘rsatilishi tartibiga rioya qilinganligigni ta’minlash. |
|
2.25 |
“Onlayn maslahatchi” xizmatining tashkil etilganligi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytiga ma’lumotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid savollarga real vaqt rejimida javob olish imkonini beruvchi “Onlayn maslahatchi” xizmatini joriy etish. |
|
3.1 |
O‘z faoliyatiga oid hisobotlarni e’lon qilish holati |
har yili 1-martga qadar Qo‘mita faoliyatiga oid hisobotlarni rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
|
3.2 |
Hisobotlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish |
har yili 10-martga qadar Qo‘mita faoliyatiga oid hisobotlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida ma’lumotlar rasmiy veb saytda e’lon qilish. |
|
3.3 |
Hisobotlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish holati |
har yili 1-aprelga qadar Qo‘mita faoliyatiga oid hisobotlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazish. |
|
3.4 |
Tasdiqlangan ish rejalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida tasdiqlangan yarim yillik va yillik ish rejalari e’lon qilish |
|
3.5 |
Hisobot (hay’at) yig‘ilishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
Qo‘mitaning yil davomida o‘tkazilgan hisobot (hay’at) yig‘ilishlarining videoyozuvlari va bayonnomalari e’lon qilish. |
|
3.6 |
Mansabdor shaxslarning xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari haqidagi ma’lumotlar (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, turi, moliyalashtirish manbai, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar) Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
|
3.7 |
Avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (soni, rusumi, davlat raqami, ishlab chiqarilgan yili, balansga olingan vaqti va qiymati, saqlash xarajatlari, hisobot davrida harakatlangan masofasi) Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida ochiq e’lon qilish. |
|
3.8 |
Xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
tasarrufidagi xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (soni, joylashgan manzili, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kadastr raqami, balansga olingan vaqti, qiymati, qayta baholangan narxi va saqlash xarajatlari) Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida ochiq e’lon qilinsa |
|
3.9 |
Xarajatlar smetasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida ochiq e’lon qilish. |
|
3.10 |
Budjet hamda budjetdan tashqari jamg‘armalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
budjet hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarning tushumlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
|
3.11 |
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
amalga oshirilgan har bir davlat xaridi (auksion, elektron do‘kon, milliy do‘kon, eng yaxshi taklifni tanlash, tender va to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (lot raqami, xarid turi, miqdori, moliyalashtirish manbai, yetkazib beruvchi nomi va STIR raqami, xarid boshlang‘ich qiymati, xarid amalga oshirilgan qiymat, shartnoma raqami va sanasi, yetkazib berish muddati, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida sotib olishning asosi) Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
|
3.12 |
Davlat xaridini rejalashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma‘lumotlar (xarid e’lon qilinishidan kamida 6 oy oldin) Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
|
3.13 |
Xarid komissiyasi tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror, xarid komissiyasi a’zolarining ma’lumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi) Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
|
3.14 |
Davlat xaridlarini amalga oshirishga oid tartib-taomillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi ichki idoraviy hujjat hamda davlat xaridlariga oid shikoyatlarni ko‘rib chiquvchi komissiya a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (komissiya tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror, xarid komissiyasi a’zolarining ma’lumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi) Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
|
3.15 |
Ochiqlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
har yili ochiqlik sohasidagi Qo‘mita faoliyatini takomillashtirish yoki ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha 3 tadan kam bo‘lmagan takliflar ishlab chiqish hamda Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida ochiq e’lon qilish. |
|
3.16 |
O‘zini o‘zi baholash tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
Qo‘mita tomonidan har yil yakuni bo‘yicha o‘z tasarrufidagi tarkibiy tarmoqlar, muassasa, korxona va tashkilotlar hamda quyi organlarda ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash tizimini joriy etib, yakuniy hisobotlar Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida ochiq e’lon qilib borish |
|
3.17 |
Ochiqlik sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
ochiqlikni ta’minlash haqidagi qonunchilik talablari buzilganligi yuzasidan shikoyat qilish mexanizmlari (tartibi) ishlab chiqilib, bu haqdagi ma’lumotlar ushbu toifadagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun mas’ul shaxs biriktirilganligi, alohida aloqa kanallari, shu jumladan qayta aloqaning interaktiv usullarni joriy etish. |
|
3.18 |
Ochiqlikni ta’minlash sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
ochiqlik sohasidagi qonun va qonunosti hujjatlar, shu jumladan ichki idoraviy hujjatlarning boshqa tillardagi tarjimalari (rus va ingliz) e’lon qilish. |
|
3.19 |
Ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha onlayn so‘rovnoma o‘tkazish blokining tashkil etilganligi |
o‘z faoliyatida aholini qiziqtirgan masalalar, shu jumladan ochiqlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan onlayn so‘rovnoma o‘tkazib borish (har yarim yilda bir marotaba) |
|
3.20 |
Ochiq ma’lumotlar to‘plamini pasportlash tartibining joriy etilganligi |
ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar to‘plamini (rasmiy veb-saytda) bir xil identifikatsiya qilish imkonini beruvchi pasport ma’lumotlari (to‘plamning nomi, identifikatsiya raqami, tarkibi, mulkdori, to‘plam uchun mas’ul shaxs, mas’ul shaxsning telefon raqami va elektron pochta manzili, to‘plamning ochiq ma’lumotlar portalidagi manzili, formati, dastlab joylashtirilgan sanasi, oxirgi yangilangan sanasi, davriy yangilab borish muddati hamda kalit so‘zlar) asosida e’lon qilish. |
|
3.21 |
Ochiq ma’lumotlar to‘plami va qayta aloqa samaradorligini baholash tizimining joriy etilganligi |
har bir ochiq ma’lumotlar to‘plamining dolzarbligini baholash imkoniyati (to‘plamni avtomatik baholash, so‘rovlar yuborish, dolzarbligini oshirish yuzasidan takliflar qabul qilish, matn shaklida izoh qoldirish va to‘plam ko‘rib chiqilgan hamda ko‘chirib olgan foydalanuvchilar soni) tashkil etilganligini ta’minlash. |
|
4.1 |
Mablag‘lar taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotning e’lon qilinishi |
Qo‘mita tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida mablag‘lar taqsimoti to‘g‘risida ma’lumotlar belgilangan shakl va muddatda to‘liq e’lon qilish. |
|
4.2 |
Kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
kapital qo‘yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan shakl va muddatda to‘liq e’lon qilish. |
|
4.3 |
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
o‘tkazilgan eng yaxshi taklifni tanlash (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan shakl va muddatda to‘liq e’lon qilish. |
|
4.4 |
Asosiy vositalarning xarid qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
asosiy vositalarni xarid qilish uchun o‘tkazilgan eng yaxshi taklifni tanlash (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan shakl va muddatda to‘liq e’lon qilish. |
|
4.5 |
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning xaridi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni xarid qilish uchun o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan shakl va muddatda to‘liq e’lon qilish. |
|
4.6 |
Qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan shakl va muddatda to‘liq e’lon qilish. |
|
5.1 |
Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlar to‘plamining e’lon qilinishi |
belgilangan ma’lumotlar to‘plami 100 foizlik ko‘rsatkichda e’lon qilish. |
|
5.2 |
Ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar to‘plamining e’lon qilinishi |
belgilangan ma’lumotlar to‘plami 100 foizlik ko‘rsatkichda e’lon qilish. |
|
5.3 |
Geopozitsiyaga bog‘langan ochiq ma’lumotlar to‘plamining ulushi |
belgilangan ma’lumotlar to‘plami 100 foizlik ko‘rsatkichda bog‘lansa |
|
5.4 |
Elektron hukumat yagona identifikatorlariga bog‘langan ochiq ma’lumotlarning soni |
ma’lumotlar 100 foizlik ko‘rsatkichda bog‘lash |
|
5.5 |
Ochiq ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan mobil ilovalar soni |
har yili 3 tagacha mobil ilovalar ishlab chiqi |
|
6.1 |
Qayta aloqaning tashkil etilganligi |
“Ishonch telefonlari” (Call-markazlar) orqali qayta aloqa tashkil etish hamda Qo‘mitaning veb-saytida e’lon qilish. |
|
6.2 |
Murojaat yo‘llashning interaktiv usullari tashkil etilganligi |
murojaatni to‘g‘ridan to‘g‘ri veb-sayt yoki uning mobil versiyasi orqali yuborish, ko‘rib chiqish jarayonini real vaqt rejimida kuzatib borish, shaxsning identifikatsiya ma’lumotlari asosida javob olish, ko‘rib chiqish natijalariga nisbatan munosabat bildirish va baholash imkoniyatini yaratish. |
|
6.3 |
Foydalanuvchilar bilan kommunikatsiya tarmog‘i orqali muloqot qilish tizimi yo‘lga qo‘yilganligi |
foydalanuvchilar bilan kommunikatsiya tarmog‘i orqali muloqot qilish uchun maxsus dasturiy ta’minotini yaratish va uning mobil ilovasini ishlab chiqish. |
|
6.4 |
Rahbar bilan bevosita muloqot qilish tizimining tashkil etilganligi |
shaxsan rahbar bilan muloqot qilish va murojaat yo‘llash tizimi tashkil etish. |
|
7.1 |
Korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga doir ichki idoraviy hujjatlarning ochiq e’lon qilinishi |
korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga doir idoraviy hujjatlar (korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish haqida nizom, odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyati, kontragentlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma, davlat xaridlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va baholash uslubiyati, korrupsiyaviy harakatlar to‘g‘risida ma’lumot berish uchun aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va qayta ishlash reglamenti, sohadagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti) Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
|
7.2 |
Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan alohida aloqa kanallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berishga mo‘ljallangan alohida aloqa kanallari (qisqa raqamli “ishonch telefoni”, elektron pochta va boshqa elektron manzillar, telegram bot, platforma yoki boshqa maxsus dasturiy ta’minot) haqidagi ma’lumotlarni Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
|
7.3 |
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish tizimi joriy etilganligi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytda ishga qabul qilish va rotatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar (axborot) e’lon qilinib, bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlarni tanlash jarayonlari jonli (onlayn) translatsiya qilib borish. |
|
7.4 |
Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini belgilovchi hujjatlarni e’lon qilish darajasi |
mehnat munosabatlariga oid hujjatlarda (mehnat yoki jamoat shartnomasi) korrupsiyaga qarshi shartlarni kiritish, korrupsiya holatlari haqida xabar bergan xodimlarni rag‘batlantirish va ularni ta’qibga olmaslik kafolatini belgilovchi ichki idoraviy hujjatlar e’lon qilish. |
|
7.5 |
Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida jamoatchilik oldida hisobdorlik tizimining joriy etilganligi |
aniqlangan har bir manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga nisbatan ichki idoraviy tekshiruv natijalari, qabul qilingan qaror va ularning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumot (hisobot, axborot va boshqa) e’lon qilish. |
|
7.6 |
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, ularning oldini olish choralarini ko‘rish va natijalari haqida hisobdorlik tizimi yo‘lga qo‘yilganligi |
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar (tahlillar va jamoatchilik so‘rovlari, shu jumladan onlayn so‘rovnoma va uning natijalari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va minimallashtirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqidagi hisobotlar (axborot), ichki idoraviy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari) e’lon qilish. |
|
7.7 |
Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki tartib-taomillaridan xabardorligi hamda sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning e’lon qilinishi |
xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tayyorlash va qayta tayyorlash, shu jumladan yangi ishga qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha joriy etilgan tizim, ishlab chiqilgan maxsus o‘quv dasturlar, qo‘llanma va boshqa hujjatlar e’lon qilish |
|
7.8 |
Keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilgan press-tadbirlarni (matbuot anjumanlari, brifing, seminar, trening, davra suhbati, taqdimot, muhokama va boshqa tadbirlar) e’lon qilish darajasi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida infografika va video formatda e’lon qilish. |
|
7.9 |
Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tayyorlangan targ‘ibot materiallarini (slayd, rolik, ma’ruza matnlari, maqola, buklet, risola va boshqalar) e’lon qilish darajasi |
Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida slayd, rolik, buklet va risola shaklida e’lon qilish. |
|
8.1 |
Rasmiy veb-saytda jamoatchilik kengashi haqidagi ma’lumotlarning joylashtirilishi |
jamoatchilik kengashiga bag‘ishlangan alohida sahifa tashkil etilib, kengash faoliyati haqidagi (jamoatchilik kengashining yig‘ilishlari va kun tartibidagi masalalar, tasdiqlangan a’zolari ro‘yxati, telefon raqami, pochta va elektron manzillari, ijtimoiy messenjerlardagi rasmiy sahifalari, davlat organi rahbarining davriy hisobotlari eshituvi hamda kengash faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan maqola va chiqishlarning yoritib borilishi) ma’lumotlar e’lon qilish. |
|
8.2 |
Jamoatchilik kengashining tashkiliy-huquqiy asoslari ishlab chiqilganligi hamda belgilangan tartibda e’lon qilinganligi |
jamoatchilik kengashining tasdiqlangan nizomi, amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha har yillik chora-tadbirlar rejasi va tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilishi kutilayotgan yig‘ilishlar jadvali e’lon qilish. |
|
8.3 |
Jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirish bo‘yicha belgilangan talablarning bajarilish darajasi |
jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirishga oid talablarga (tarkibning kamida 50 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tashkil etishi va Jamoatchilik palatasi bilan kelishilganligi haqidagi ma’lumotlar kiritilgan davlat organi rahbarining qarori, a’zolarining soni 15 nafardan kam bo‘lmasligi, tarkibida ishchi (ekspert) guruhlar tashkil etilganligi) rioya etilishi va bu haqdagi ma’lumotlar (hujjatlar) ochiq e’lon qilish. |
|
8.4 |
Jamoatchilik kengashining ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat organi faoliyatini takomillashtirishdagi ishtiroki |
kengashning ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat organi faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirgan chora-tadbirlar haqidagi (ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik oldida hisobdorlikni ta’minlash, davlat dasturlari hamda boshqa hujjatlar bo‘yicha berilgan vazifalarning ijrosiga oid hisobotlarni eshitish, xorijiy mamlakatlardagi analogik organlar tajribasi o‘rganilib, ichki hujjatlar va faoliyatni takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqilganligi) tahliliy ma’lumotlar muntazam e’lon qilish |
