Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish» loyihasi amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish» loyihasi amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot
I. Loyihaning qisqacha mazmuni:
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 apreldagi
PQ-157-son qarori.
Kredit qiymati - 240 mln. doll.
Qarz bitimi: 2023 yil 29 dekabrda imzolangan. 2024 yil 25 aprelda kuchga kirgan.
Qarz bitimi tugash muddati: 2032 yil 25 aprel.
Ma’lumot uchun: OTB 240,0 mln dollar qarz mablag‘lari 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yilga, yillik 2 foiz stavkasida ajratildi.
Loyihani amalga oshirish muddati – 9 yil (2024–2032 yillar), shu jumladan qurilish ishlari 4 yil (2024-2027 yillar) hamda saqlash va ekspluatatsiya qilish ishlari
5 yil (2028-2032 yillar).
Loyiha quvvati: 841 km uzunlikdagi sement-beton qoplamali mahalliy va ichki yo‘llar quriladi. Ma’lumot uchun: Ikkinchi bosqichda 150 km, shundan: Jizzax viloyati – 83 km va Sirdaryo viloyati 67 km.
Uchinchi bosqichda 691 km, shundan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 62 km, Xorazm viloyati – 67 km, Buxoro viloyati – 61 km, Navoiy viloyati – 61 km, Samarqand viloyati – 60 km, Qashqadaryo viloyati – 61 km, Surxondaryo viloyati – 65 km, Toshkent viloyati – 59 km, Farg‘ona viloyati – 62 km, Namangan viloyati – 62 km, Andijon viloyati – 71 km.
II. Holati:
1. Qurilish ustidan texnik nazorat konsalting xizmati (5 ta klaster, jami budjeti 6,764 mln dollar, shundan 1-klaster: Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatida qurilish ustidan texnik nazorat budjeti - 1,408 mln dollar):
08.02.2024 yilda loyiha doirasida Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida texnik nazoratni amalga oshirish (CSC) bo‘yicha tender savdolari e’lon qilindi.
03.12.2024 yilda “Avtoyo‘linvest” agentligi va “Yo‘linjiniringloyiha” konsalting kompaniyasi o‘rtasida qurilish ustidan texnik nazorat konsalting xizmati ko‘rsatish bo‘yicha 1 238 638 dollar qiymatida shartnoma tuzildi.
18.12.2024 yilda Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazoratni amalga oshirishni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
Hozirda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazoratni amalga oshirmoqda.
2. Subloyihalarni tayyorlash bo‘yicha konsalting xizmati (budjet 2,35 mln doll.):
Ma’lumot uchun: OTB talabiga ko‘ra, 3-bosqich uchun DUE DILIGENCE (shakllantirilgan ichki yo‘llar ro‘yxatini OTB talablariga mosligini tekshirish, loyihaning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish) hisobotlarini tayyorlash Subloyihalarni tayyorlash bo‘yicha konsultant tomonidan amalga oshirilishi va OTB bilan kelishilishi belgilangan.
23.01.2024 yilda Subloyihalarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro konsultantni tanlash (SPC) yuzasidan tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi.
14.02.2025 yilda “DONGSUNG ENGNEERING CO.LTD” konsalting kompaniyasiga
shartnoma tuzish bo‘yicha xat yuborildi.
18.03.2025 yilda “Avtoyo‘linvest” agentligi va “DONGSUNG ENGNEERING CO.LTD” konsalting kompaniyasi o‘rtasida Subloyihalarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro konsultant (SPC) konsalting xizmati bo‘yicha 2 315 380 dollar qiymatida shartnoma tuzildi.
25.03.2025 yilda 3-bosqich uchun DUE DILIGENCE (shakllantirilgan ichki yo‘llar ro‘yxatini OTB talablariga mosligini tekshirish, loyihaning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish) hisobotlarini tayyorlashni amalga oshirishni boshlash yuzasidan xabarnoma xati yuborildi.
Hozirgi kunda hududlarda mobilizatsiya ishlarini amalga oshirib Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida shakllantirilgan mahalliy va ichki yo‘llar ro‘yxatini OTB talablariga mosligini o‘rganmoqda.
3. Loyihani boshqarish bo‘yicha konsalting xizmati (budjet 2,478 mln doll.):
22.02.2024 yilda Loyihani boshqarish bo‘yicha xalqaro konsultantni tanlash (PMC) yuzasidan tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi.
14.04.2025 yilda “Avtoyo‘linvest” agentligi va “SAMAN CORPORATION & KYONG DONG ENGINEERING CO. LTD” konsultant kompaniyasi o‘rtasida “Loyihani boshqarish bo‘yicha xalqaro konsultant” (PMC) konsultant xizmati bo‘yicha 2 419 979 dollar qiymatida shartnoma tuzildi.
21.04.2025 yilda “Loyihani boshqarish bo‘yicha xalqaro konsultant” (PMC) konsultant xizmati bo‘yicha ishlarni boshlash yuzasidan xabarnoma xati yuborildi.
“SAMAN CORPORATION & KYONG DONG ENGINEERING CO. LTD” konsultant kompaniyasi 02.05.2025 yildan boshlab mobilizatsiya ishlarini amalga oshirdi.
27.05.2025 yilda kompaniya tomonidan Boshlang‘ich davriy hisobotni ishlab chiqildi va OTBga kelishish uchun yuborildi.
Hozirgi kunda, “SAMAN CORPORATION & KYONG DONG ENGINEERING CO. LTD” konsultant kompaniyasi OTB va shartnoma talablaridan kelib chiqib, 2024 yil
iyul-dekabr oylari uchun davriy yarim yillik ijtimoiy holatni monitoring qilish hisobotini ishlab chiqdi va OTB tomonidan tasdiqlandi. Hozirda kompaniya tomonidan 2025 yil yanvar-iyun oylari uchun davriy yarim yillik ekologik va ijtimoiy holatni monitoring qilish hisoboti ishlab chiqilmoqda.
4. Pudratchilarni aniqlash:
a) Sirdaryo viloyati (3 ta lot - jami budjet 17,6 mln doll)
02.02.2024 yilda Sirdaryo (3 ta Lot) viloyati “Qurilish ishlari” (Package 2) bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash bo‘yicha tender savdolariga e’lon berildi.
04.11.2024 yilda pudratchi tashkilot - “Nizomiddin Imkon Servis LLC – Dineshchandra R. Agrawal Infracon Private Limited” qo‘shma korxonasi bilan Lot 1 doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 5 242 954 dollar qiymatidagi shartnoma tuzildi.
13.12.2024 yilda Sirdaryo viloyatida Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 1 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
Sirdaryo viloyati Lot 2 va 3 (qayta tender, budjet 12,46 mln dollar)
03.10.2024 yilda Sirdaryo viloyati (CW02) bo‘yicha 2 ta qurilish loti (2 va 3 lotlar) bo‘yicha tender ishtirokchilarning malakasi (mahalliy pudratchilar) to‘g‘ri kelmaganligi sababli, tender savdolari me’zonlari yanada yengillashtirilib, o‘zgartirilgan tender hujjatlari OTB ga rozilik olish uchun yuborildi. O‘z navbatida OTB yangilangan tender hujjatlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish talabini bildirdi.
04.12.2024 yilda Sirdaryo viloyati Lot 2, 3 bo‘yicha OTB portali va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy vebsaytida qayta tender savdolariga e’lon berildi.
13.06.2025 yilda pudratchi tashkilot - “Romiton Trans Yo‘l Qurilish” MCHJ bilan 2-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 5 050 000 dollar qiymatidagi RRRSP/CW02/Lot2-sonli shartnoma tuzildi.
14.06.2025 yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 2 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
11.06.2025 yilda pudratchi tashkilot - “Me'yor Qurilish Asfalt” MCHJ va “2-Son MKK” MCHJ qo‘shma korxonasi bilan 3-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 4 467 459 dollar qiymatidagi RRRSP/CW02/Lot3-sonli shartnoma tuzildi.
11.06.2025 yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 3 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
b) Jizzax viloyati (4 ta lot - jami budjet 19,8 mln doll)
02.02.2024 yilda Jizzax (4 ta Lot) viloyati “Qurilish ishlari” (Package 1) bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash bo‘yicha tender savdolariga e’lon berildi.
04.11.2024 yilda pudratchi tashkilot - “Trans Logistik” MCHJ bilan Lot 1 doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 5 766 500 dollar qiymatidagi shartnoma tuzildi.
13.12.2024 yilda Jizzax viloyatida Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 1 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
Jizzax viloyati Lot 2, 3 va 4 (qayta tender, budjet 13,76 mln dollar).
08.10.2024 yilda Jizzax viloyati (CW01) bo‘yicha 3 ta qurilish loti (2, 3 va 4 lotlar) bo‘yicha tender ishtirokchilarning malakasi (mahalliy pudratchilar) to‘g‘ri kelmaganligi sababli, tender savdolari me’zonlari yanada yengillashtirilib, o‘zgartirilgan tender hujjatlari OTB ga rozilik olish uchun yuborildi. O‘z navbatida OTB yangilangan tender hujjatlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish talabini bildirdi.
04.12.2024 yilda Jizzax viloyati Lot 2, 3, 4 bo‘yicha OTB portali va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy vebsaytida qayta tender savdolariga e’lon berildi.
11.06.2025 yilda pudratchi tashkilot - “Samarqand Uzbekgazsuv Qurilish” MCHJ va “AK-ZHOL” XK (O‘zbekiston-Qozog‘iston) qo‘shma korxonasi bilan 2-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 4 238 339,94 dollar qiymatidagi RRRSP/CW01/Lot2-sonli shartnoma tuzildi.
01.08.2025 yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 2 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
11.06.2025 yilda pudratchi tashkilot - “Me'yor Qurilish Asfalt” MCHJ va “2-Son MKK” MCHJ qo‘shma korxonasi bilan 3-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 2 906 540 dollar qiymatidagi RRRSP/CW01/Lot3-sonli shartnoma tuzildi.
11.06.2025 yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 3 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
13.06.2025 yilda pudratchi tashkilot - “New Tech Samarkand” MCHJ bilan 4-Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha 5 044 214,75 dollar qiymatidagi RRRSP/CW01/Lot 4-sonli shartnoma tuzildi.
04.08.2025 yilda Konsultant-Injener tomonidan Pudratchiga “Qurilish ishlari” Lot 4 ni boshlash yuzasidan xabarnoma hati yuborildi.
Bugungi kunda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar:
Jizzax viloyati Paket-1, 1-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Trans Logistik” MCHJ.
Lot-1 G‘allaorol tumani 4K237 “M39 avtoyo‘li (1032 km)-Lalmikor temir yo‘l stansiyasi-Oqtosh q.” avtomobil yo‘lining 12-38 km obyektida 4,7-26,275 km qismida 21,7 km uzunlikdagi qismida freza ishlari bajarildi, 20,2 km uzunlikdagi qismida yer ishlari bajarildi, 19,5 km uzunlikdagi qismida sement-beton asos (STV) uchun qum-shag‘al aralashmasini (QSHA) yotqizish ishlari bajarildi. Pilot tariqasida 100 metr M75 markali (STV) asos yotqizish sinov ishlari olib borildi.
PK 174+91 (diametri 1500 mm 2 talik ) uzunligi 18 m,
PK 175+22 (diametri 1500 mm 2 talik) uzunligi 18 m,
PK178+02 (diametri 1250 mm 3 talik) uzunligi 14 metrlik temirbeton (J/B) quvurlar o‘rnatildi;
Hozirda ushbu quvurlarni qayta tuproq bilan to‘ldirish va zichlash ishlari olib borilmoqda;
PK 195+93 (diametri 1500 mm 1 talik) uzunligi 14 m,
PK 200+90 (diametri 1000 mm 2 talik) uzunligi 16 m,
PK 210+75 (diametri 1250 mm 1 talik) uzunligi 14 m,
PK 215+40 (diametri 1000 mm 1 talik) uzunligi 14 m,
PK 227+56 (diametri 1000 mm 2 talik) uzunligi 14 m,
PK 244+70 (diametri 1000 mm 2 talik) uzunligi 14 metrlik temirbeton (J/B) quvurlar o‘rnatilgan va qayta tuproq bilan to‘ldirish ishlari bajarilgan.
Material zahira ishlari:
M350 markali sementbeton qoplama uchun:
Qum (pesok 0-5mm) 7714 m3;
chaqiqtosh (sheben’ 10-20mm) 15375 m3;
chaqiqtosh (sheben’ 20-40mm) 10728 m3.
Temir beton quvurlar uchun:
diametri 1000 mm. 52 dona(2m);
diametri 1250 mm. 20 dona(2m);
diametri 1500 mm. 2 dona(2m).
Birinchi gurux yo‘l to‘siqlari BDO-3 24 dona,
geotekstil 450gr/m2 14 400 m2,
yo‘l yo‘naltiruvchi ustunchalari 280 dona (signalniy stolbik).
Pudratchi tashkilot tomonidan obyektda 120 m3/soat quvvatli beton zavod qurilishi ishlari yakunlandi.
Obyektda pudratchi tashkilot tomonidan 2 joyda, 210 metr chuqurlikda suv quduqlari qazilib, ishga tushirildi.
Obyektga 30 dan ortiq yo‘l-qurilish texnikalari hamda maxsus texnikalar mobilizatsiya qilingan (risaykler, sement tarqatadigan mashina).
Jizzax viloyati 1-Paket, 2-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Samarqand Uzbekgazsuv Qurilish” MCHJ va “AK-ZHOL” XK qo‘shma korxonasi.
G‘allaorol tumani “G‘obdin qishlog‘i” ichki avtomobil yo‘lining 0-26 km obyektida pudratchi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va mobilizatsiya ishlarini amalga oshirmoqda.
Pudratchi tashkiloti tomonidan baza hamda beton zavod qurish ishlari bajarilmoqda.
PK117+00÷PK202+00 oralig‘ida mavjud asfaltbeton qoplamani freza bilan kesish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Jizzax viloyati 1-Paket, 3-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Me'yor Qurilish Asfalt” MCHJ va “2-Son MKK” MCHJ qo‘shma korxonasi.
Baxmal tumani 4N1238v “4R41 avtoyo‘lidan - Novqa qishlog‘iga” avtomobil yo‘lining 0-5 km (5,1 km) obyekti.
Yo‘l asosi uchun qum-shagal aralashmasini (QSHA) zaxira (9000 m3) qilish ishlari bajarilmoqda.
Jizzax viloyati 1-Paket, 4-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “New Tech Samarkand” MCHJ.
Zafarobod tumani 4N1226 “Qozoqovul q.-1 va 2-son parrandachilik fabrikasi” avtomobil yo‘lining 0-7 km obyektda PK0+00÷PK35+00 oralig‘ida mavjud asfaltbeton qoplamani reysakler bilan kesish jarayoni amalga oshirildi PK0+40÷PK21+00 yer ishlari bajarilmoqda.
Sirdaryo viloyati 2-Paket, 1-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Nizomiddin Imkon Servis LLC – Dineshchandra R. Agrawal Infracon Private Limited” qo‘shma korxonasi.
1. Lot-1 Boyovut tumani 4N650 "Shirin sh. - Shirin DFHU" 0-5 km (2,8-5,0 km) avtomobil yo‘lining PK28+00 dan PK34+00 oralig‘i qatnov qismida mavjud yaroqsiz beton qoplamani buzib olindi, PK34+00 dan PK45+00 oralig‘ida mavjud yo‘l asosi profilini to‘g‘irlash ishlari olib borilmoqda va PK40+00 dan PK50+00 oralig‘ida qismida 1200 m3 hajmda yer ishlari bajarildi.
2. Lot-1 Xovos tumani 4K666 “Qahramon k.-Yangiyer k.-Paxtakor k.” 19-27 km avtomobil yo‘lining PK220+00 dan PK270+00 oralig‘ida qatnov qismining mavjud 4 500 m2 yaroqsiz eski asfaltbeton qoplamani freza yordamida kesib olindi, PK240+00 dan PK270+00 oralig‘ida qismida 1 200 m3 hajmda yer ishlari bajarildi.
Pudratchi tomonidan resaykler yordamida avtomobil yo‘lining PK261+30 dan PK270+00 oralig‘ida 870 metr M75 markali (STV) asos yotqizish sinov ishlari olib borildi.
3. Lot-1 Guliston tumani 4K651 “Beshbuloq q. - Chortoq q. – Tatarqishloq q. - Qoratepa q.” avtomobil yo‘lining 0-10 km qismida PK90+00 dan PK100+00 oralig‘ida qismida 300 m3 hajmda yer ishlari bajarildi.
Sirdaryo viloyati 2-Paket, 2-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Romiton Trans Yo‘l Qurilish” MCHJ.
Lot-2 Mirzaobod tumani 4N652 “A373 avtoyo‘li - T. Ahmedov DXFU” avtomobil yo‘lining 0-3 km obyektida PK0+00-PK10+00 oralig‘ida yer ishlari bajarilmoqda.
Obyektlarda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va mobilizatsiya ishlarini amalga oshirmoqda.
Sirdaryo viloyati 2-Paket, 3-lot bo‘yicha:
Pudratchi tashkilot – “Me'yor Qurilish Asfalt” MCHJ va “2-Son MKK” MCHJ qo‘shma korxonasi.
Sayxunobod tumani 4H646 “Paxtakor sh/u - Namuna q. - Nurmatobod q.” avtomobil yo‘lining 0-12 km obyektida PK0+00-PK10+00 oralig‘ida qatnov qismining mavjud yaroqsiz eski asfaltbeton qoplamani freza yordamida kesib olish ishlari, ishchi otmetkalarni, reperlarni tekshirish jarayoni va geodeziya ishlari amalga oshirilmoqda.
4K646 “Nurota q. - Sh. Rahimov DXFU - Sultonov DXFU” avtomobil yo‘lining 0-6 km obyektida PK0+00-PK61+00 oralig‘ida qatnov qismining 3 000 m2 mavjud yaroqsiz eski asfaltbeton qoplamani freza yordamida kesib olindi va geodeziya ishlari bajarilmoqda.
Qolgan 11 ta hududlar (11 ta Paket, 34 ta lot) bo‘yicha:
Joriy yilda loyiha doirasida qolgan 11 ta hududlar bo‘yicha qurilish ishlari tender savdolari joriy yilda to‘liq o‘tkazilib, pudratchi tashkilotlarni aniqlash jarayoni yakunlanadi.
10.07.2025 yilda Toshkent viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari joriy yilning 9 sentyabr kuni ochildi. Hozirda baxolash ishlari olib borilmoqda.
19.08.2025 yilda Farg‘ona viloyati qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolari e’loni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi saytlarida joylashtirildi. Ishtirokchilarning texnik takliflari joriy yilning 8 oktyabr kuni ochilishi kutilmoqda.
Hozirgi kunda, Andijon va Namangan viloyatlarida DUE DILIGENCE (shakllantirilgan ichki yo‘llar ro‘yxatini OTB talablariga mosligini tekshirish, loyihaning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish) hisobotlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Joriy yil oktyabr oyida Andijon va Namangan viloyatlarida qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolariga e’lon berilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiy shakllantirilgan ichki yo‘llar ro‘yxatini OTB talablariga mosligini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Joriy yil 4-chorakda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida qurilish ishlari bo‘yicha tender savdolariga e’lon berilishi rejalashtirilgan.
2025 yilda loyiha doirasida 55,0 mln dollar qiymatidagi kredit mablag‘lari o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar-sentyabr oylarida loyiha doirasida 42,0 mln. dollar mablag‘ o‘zlashtirildi (rejaga nisbatan 100 foiz).
