OTB ishtirokidagi “4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70 km va 4R100 “Mang‘uzor–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yo‘lining 128-174 km qismlarini rekonstruksiya qilish” (“Surxondaryo”) loyihasi bo‘yicha MAʼLUMOT
- LOYIHA TO‘G‘RISIDAGI BATAFSIL MAʼLUMOT
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-189-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
2022 yil 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida amal qilish muddati 2027 yil 30 iyungacha bo‘lgan 4174-UZB-sonli qarz bitimi imzolangan. 2022 yilning 13 aprel kunida OTB va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi o‘rtasida loyiha bitimi imzolangan. 2022 yil 22 aprel kuni qarz bitimi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan 16/03-6/8021-sonli yuridik xulosa olindi hamda mazkur qarz bitimi 2022 yil 27 aprel kunidan kuchga kirdi.
- Loyihaning maqsadi:
4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70 km qismini va 4R100 “Mang‘uzor–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yo‘lining128-174 km qismini, mavjud 2 tasmali asfaltbeton qoplamali avtomobil yo‘lining aholi yashaydigan qismlarini 4 tasmali sementbeton qoplama va aholi yashamaydigan qismlarini 2 tasmali sementbeton qoplama bilan rekonstruksiya qilish orqali:
- mamlakat hududi orqali tranzit yuk tashishni hamda eksport-import yuklarini tashish hajmining o‘sishini taʼminlash;
- qiyin ob-havo sharoitlarida kafolatlangan xavfsiz harakatni taʼminlash;
- o‘qga tushadigan og‘irlikni 13 tonnaga oshirish bilan avtomobil yo‘lining o‘tkazuvchanlik quvvatini yaxshilash;
- transport vositalari harakatining maksimal tezligini taʼminlash;
- mavjud burilish radiuslarini oshirish va yo‘llarni yaxshilash orqali yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash;
- yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha sig‘im zahiralarini 4 karra oshirish;
- baxtsiz hodisalarni 10-30% ga kamaytirish, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari xavfsizligi darajasini oshirish;
- avtotransport vositalarining vazn va gabarit parametrlarini qayd etuvchi (har bir o‘qqa tushadigan og‘irlikni aniqlash imkoniyatiga ega) maxsus avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalari bilan jihozlangan zamonaviy nazorat postlarini barpo qilish va hokazolar.
Loyihaning umumiy quvvati 107,924 km dan iborat bo‘lib, quyida ko‘rsatilgan tartibda 3 ta Lotga bo‘linadi:
1-Lot: 4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-37,5 km qismini rekonstruksiya qilish – 31,158 km;
2-Lot: 4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘lining 37,5-70 km qismini rekonstruksiya qilish – 31,598 km;
3-Lot: 4R100 “Mang‘uzor–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yo‘lining 128-174 km qismini rekonstruksiya qilish – 45,168 km.
Har bir Lot uchun alohida shartnoma tuzilishi ko‘zda tutilgan.
- Loyihaning umumiy qiymati:
227,3 mln.AQSH dollari, shundan:
OTB qarz mablag‘lari – 183,8 mln.AQSH dollari hamda
O‘zbekiston Respublikasi ulushi – 43,5 mln.AQSH dollari.
- Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari:
4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70 km qismi yo‘lning 5-kmdan boshlanib Surxondaryo viloyati Boysun tumanining tog‘li hududlaridan o‘tadi. 4R100 “Mang‘uzor–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yo‘lining 128-174 km qismi yo‘lning 126-kmdan boshlanib Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlarining sug‘orilmaydigan yerlaridan o‘tadi. Loyiha bo‘yicha 4R100 avtomobil yo‘lining rekonstruksiya qilinadigan qismining uzunligi 45,168 kmni va 4R105 avtomobil yo‘lining rekonstruksiya qilinadigan qismining uzunligi esa 62,756 kmni tashkil etadi. Avtomobil yo‘llarning kategoriyasi II va Ib bo‘lib, 2 tasmali yo‘l poyining kengligi 15 m, shuningdek 4 tasmali yo‘l poyining kengligi tegishli joylarda 23,7 m, 30,95 m va 34,45 mdan iborat. Yo‘l tasmasining kengligi esa 3,75 mni tashkil etadi.
- Loyihaning investitsiya rejasi:
ming AQSH dollarida
|
Ko‘rsatkich nomi |
OTB mablag‘lari |
O‘zbekiston Respublikasining ulushi |
Jami |
|
Qurilish-montaj ishlari |
170 008,318 |
|
170 008,318 |
|
Qurilish ustidan texnik nazorat |
4 044,390 |
|
4 044,390 |
|
Jamiyatni rivojlantirish dasturi |
500,000 |
|
500,000 |
|
Beton qoplamalar, himoya choralari, shartnomalarni boshqarish va hokazolar bo‘yicha konsultant xizmatlari |
300,000 |
|
300,000 |
|
Audit xizmatlari |
200,000 |
|
200,000 |
|
Soliqlar va bojxona to‘lovlari |
|
25 794,240 |
25 794,240 |
|
Investitsion davrdagi moliyaviy xarajatlar |
|
9 638,452 |
9 638,452 |
|
Kutilmagan xarajatlar |
7 200,562 |
1 696,915 |
8 897,477 |
|
Boshqa turdagi xarajatlar |
1 584,100 |
6 368,962 |
7 953,062 |
|
Jami: |
183 837,37 |
43 498,569 |
227 335,944 |
- LOYIHA DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HOLATI
Loyiha doirasida qurilish-montaj ishlari 2023 yilning 12 fevral kunidan boshlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar (28.09.2025 yil holatiga ko‘ra) pudratchi tashkilotiga 58,1 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar to‘lab berilgan, shundan 22,1 mln. AQSH dollarini avans to‘lovlari tashkil etadi. Bugungi kunda pudratchi tashkiloti tomonidan qurilish obyektiga 137 ta mashina-mexanizmlar va maxsus texnikalar, 300 tadan ortiq xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamda ishchi xodimlar jalb qilingan. Undan tashqari, Injener-konsultant tashkiloti tomonidan loyihaga jami 49 nafar mutaxassislar jalb qilingan, shu jumladan 14 nafar xalqaro asosiy mutaxassislar, shuningdek 18 nafar milliy asosiy va 17 nafar asosiy bo‘lmagan mutaxassislar.
Hozirda pudratchi tashkiloti tomonidan demontaj ishlari, yer ishlari, muhandislik (ichimlik suvi, aloqa, elektr va h.k.) tarmoqlarini ko‘chirish ishlari hamda yo‘l asosini qurish va material zaxirasini to‘plash ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar, pudratchi tashkiloti tomonidan quyidagi ishlar bajarildi:
- 72,76 km (68 foiz) uzunlikdagi qismida yer ishlari bajarildi;
- 59,03 km (55 foiz) uzunlikdagi qismida qum shag‘al aralashmasidan 33 sm qalinlikdagi yo‘l asosining ostki qatlami yotqizildi;
- 42,57 km (40 foiz) uzunlikdagi qismida qo‘m shag‘al aralashmasiga 30 foiz chaqiqtosh qo‘shib 20 sm qalinlikda yo‘l asosining o‘rta qatlami yotqizildi;
- 36,42 km (19 foiz) uzunlikdagi qismida 18 sm qalinlikdagi M-75 markali sementbeton aralashmasi (STB) bilan asosning ustki qatlami qurildi;
-32,76 km (30 foiz) uzunlikdagi qismida yo‘lning ustki qatlamiga 27 sm qalinlikdagi sementbeton (M-400) qoplamasi yotqizildi
28.09.2025 yil holatiga ko‘ra loyiha doirasida 111,8 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi.
Shu bilan bir qatorda, loyiha komponentlari tarkibiga kiruvchi individual konsultantlardan ekologiya, gender masalalari, ko‘chirish va tashqi monitoring bo‘yicha milliy mutaxassislar, shartnomalarni boshqarish va beton qoplamalari bo‘yicha xalqaro mutaxassislar hamda tashqi moliyaviy va ichki audit konsultant xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ularning shartnomalariga asosan tegishli ishlar olib borilmoqda.
- LOYIHANI AMALGA OSHIRISH DOIRASIDA QABUL QILINGAN HUJJATLARNING OCHIQLIGI
Loyixa doirasida o‘tkazilgan tender savdolaridagi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi bo‘yicha Sohaviy xaridlar komissiyasining tarkibi:
1. O. Adilov – Sohaviy xaridlar komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
2. M. Djakupov – Xaridlar komissiyasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining tender va tanlov savdolarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
3. A. Aliyev – O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tizimli tahlil va prognozlashtirish yig‘ma bo‘limi nazoratchisi
4. M. Kamilov – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining savdolar va davlat yordamini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i
5. N. Babayev – Qurilish vazirining o‘rinbosari
6. Z. Astanov – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining isteʼmol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish departamenti direktori
7. Sh. Raximov – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligi direktori
8. I. Xojiyev – O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining avtomobil yo‘llaridan foydalanish va texnik holatini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i (Agar xaridlar tartib-taomillari doirasida qurilish ishlarini olib borish nazarda tutilmagan bo‘lsa, xarid komissiyasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vakilining ishtiroki talab etilmaydi va uning o‘rniga tarmoq ilmiy-texnik kengashi vakili qatnashadi).
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2023 yil 30 apreldagi 31-bayonining 3.7.-ilovasiga muvofiq Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida tovar, ish va xizmatlarni sotib olish bo‘yicha xarid komissiyasinig amaldagi tarkibi quyidagicha:
1. A.A. Abduvaliyev – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mita raisi, Xarid komissiyasi raisi
2. S.I. Xamidov – Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, Xarid komissiyasi raisi o‘rinbosari
3. I.I. Norqulov – Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
4. Sh.S. Xidoyatov – Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari
5. U.A. Mavlyanov – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari
6. Sh.Sh. Qayumov – Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
7. I.E. Xojiyev – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining avtomobil yo‘llaridan foydalanish va texnik holatini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i, Avtomobil yo‘llari qo‘mita ilmiy-texnik Kengash aʼzosi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
- Qurilish ustidan texnik nazorat Injener-konsultant xizmatlari bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdosi doirasida qisqa ro‘yhatga kiritilgan tashkilotlar:
|
№ |
Ishtirokchilar nomi |
Mamlakat |
|
1 |
Dohwa Engineering Co., Ltd. va Renardet S.A. qo‘shma korxonasi |
Koreya–Shveysariya |
|
2 |
Dongsung Engineering Co., Ltd va Meinhardt Pte. Ltd. qo‘shma korxonasi |
Koreya–Singapur |
|
3 |
SMEC International Pty Ltd Index Consulting Company subkonsultant hamkorligida |
Avstraliya–O‘zbekiston |
|
4 |
Roughton International Ltd TRUE Engineering Supervision Ltd. subkonsultant hamkorligida |
Buyuk Britaniya–O‘zbekiston |
|
5 |
Sheladia Associates, Inc. Islohotkonsaltservis Ltd va “Nazar Business and Technology” MCHJ subkonsultantlar hamkorligida |
AQSH–O‘zbekiston |
|
6 |
Kocks Consult Gmbh, Dong Myeong Engineering Consultants & Architecture Co., Ltd va ZS ENGINEERING LLP qo‘shma korxonasi |
Germaniya–Koreya–Kozog‘iston |
|
7 |
Egis International |
Fransiya |
|
8 |
PROYAPI Engineering and Consultancy Incorporation Técnica y Proyectos S.A. and Rasco Group qo‘shma korxonasi |
Turkiya–Gonkong |
- Qurilish-montaj ishlari yuzasidan pudratchi tashkilotlarini tanlab olish uchun o‘tkazilgan tender savdosida ishtirok etganlar ro‘yhati:
|
№ |
Ishtirokchilar nomi |
Mamlakat |
Lot raqami |
|
1 |
CRSG-MBEC-COVEC qo‘shma korxonasi |
Xitoy |
1, 2 va 3 |
|
2 |
“Avtodorservis” MCHJ va “Bazis Construction” MCHJ qurilish konsorsiumi |
Qozog‘iston |
2 |
|
3 |
“K-Dorstroy” AJ va “Bazis Construction” MCHJ qurilish konsorsiumi |
Qozog‘iston |
1 va 3 |
|
4 |
GPB/GPV qo‘shma korxonasi |
Germaniya |
1 va 2 |
|
5 |
SINOHYDRO–SINOHYDRO BUREAU 16 qo‘shma korxonasi |
Xitoy |
1, 2 va 3 |
|
6 |
“LANKARAN YOL TIKINTI” OAJ |
Ozarbayjon |
1, 2 va 3 |
|
7 |
“New Tech Samarkand” MCHJ |
O‘zbekiston |
1, 2 va 3 |
|
8 |
China Railway 20th Bureau Group Co., Ltd |
Xitoy |
1, 2 va 3 |
|
9 |
Shaanxi Construction Engineering Group Corporation Limited |
Xitoy |
2 |
|
10 |
Akkord–Metag qo‘shma korxonasi |
Ozarbayjon–Turkiya |
1, 2 va 3 |
- Tashqi moliyaviy audit konsultant xizmatlarini olib boruvchi milliy tashkilot tanlovida qisqa ro‘yhatga kiritilganlar:
|
№ |
Ishtirokchilar nomi |
Mamlakat |
|
1 |
Grant Thornton Consulting |
O‘zbekiston |
|
2 |
“PKF MAK ALYANS” MCHJ |
O‘zbekiston |
|
3 |
“TSIAR-FINANS” MCHJ |
O‘zbekiston |
|
4 |
“Kreston Tashkent” MCHJ |
O‘zbekiston |
- Ichki audit konsultant xizmatlarini olib boruvchi milliy tashkilot tanlovida qisqa ro‘yhatga kiritilganlar:
|
№ |
Ishtirokchilar nomi |
Mamlakat |
|
1 |
“PKF MAK ALYANS” MCHJ |
O‘zbekiston |
|
2 |
“TSIAR-FINANS” MCHJ |
O‘zbekiston |
- Ekologiya masalalari bo‘yicha milliy mutaxassis tanlovida qisqa ro‘yhatga kiritilganlar:
|
№ |
Mutaxassis |
Mamlakat |
|
1 |
Jurabekov Shodiyor |
O‘zbekiston |
|
2 |
Turg‘unov Abdulhoshim |
O‘zbekiston |
- Ko‘chirish masalalari bo‘yicha milliy mutaxassis tanlovida qisqa ro‘yhatga kiritilganlar:
|
№ |
Mutaxassis |
Mamlakat |
|
1 |
Hamraliyev Akbarjon |
O‘zbekiston |
|
2 |
Royka Yekaterina |
O‘zbekiston |
- Tashqi monitoring bo‘yicha milliy mutaxassis tanlovida qisqa ro‘yhatga kiritilganlar:
|
№ |
Mutaxassis |
Mamlakat |
|
1 |
Royka Yekaterina |
O‘zbekiston |
- Gender masalalari bo‘yicha milliy mutaxassis tanlovida qisqa ro‘yhatga kiritilganlar:
|
№ |
Mutaxassis |
Mamlakat |
|
1 |
Matjanov Erkinjon |
O‘zbekiston |
|
2 |
Raxmanov Nizomiddin |
O‘zbekiston |
|
3 |
Mirzayeva Shahnoza |
O‘zbekiston |
- Beton qoplamalari bo‘yicha xalqaro mutaxassis tanlovida qisqa ro‘yhatga kiritilganlar:
|
№ |
Mutaxassis |
Mamlakat |
|
1 |
Rajasekera Kristi Malraj Karunaratne |
Shri-Lanka |
|
2 |
Ramesh Chand Vishvakarma |
Hindiston |
|
3 |
Sarxan Ramil Aliyev |
Ozarbayjon |
|
4 |
Faiz Ullah |
Hindiston |
- Shartnomalarni boshqarish bo‘yicha xalqaro mutaxassis tanlovida qisqa ro‘yhatga kiritilganlar:
|
№ |
Mutaxassis |
Mamlakat |
|
1 |
Irakli Litanishvili |
Gruziya |
|
2 |
Shambhu KS |
Nepal |
|
3 |
Kamlesh Kumar Takur |
Hindiston |
|
4 |
Md. Dalil Udiin |
Bangladesh |
- O‘TKAZILGAN TENDER VA TANLOVLAR TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR
- Qurilish ustidan texnik nazorat bo‘yicha konsultant xizmatlari
Loyiha doirasida qurilish ustidan texnik nazorat o‘rnatuvchi konsultant tashkilotini tanlab olish maqsadida 2021 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi veb-saytida, OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimi (CMS)dagi Konsultant xizmatlarini jalb qilish to‘g‘risidagi xabarnomasi (CSRN)da hamda “Birja” gazetasida qiziqish bildirish uchun so‘rovnoma (REOI) eʼlon qilindi. OTB rasmiy veb-saytidagi Konsultantlarni boshqaruv tizimi (CMS) orqali takliflarni topshirish muddati yakuniga, yaʼni 2021 yil 30 sentabrga qadar 34 ta konsultant tashkilotlaridan qiziqish bildirishnomalari kelib tushdi. Qiziqish bildirishnomalari ishchi guruh tomonidan o‘rnatilgan tartibda baholandi va 8 ta konsultant tashkilotlaridan iborat qisqa ro‘yxat shakllantirildi hamda 2021 yilning 22 dekabrida ushbu 8 ta konsultant tashkilotlariga taklif berish uchun so‘rovnomalar (RFP) yuborildi. 5 ta konsultant tashkilotlaridan kelib tushgan talablarga binoan taklif topshirish muddati 2022 yil 7 fevraldan 2022 yil 14 fevral soat 15:00 ga ko‘chirildi. Muddat yakuniga qadar 7 ta ishtirokchilaradan takliflar qabul qilib olinib, takliflarning texnik qismlari ochildi. Texnik takliflar ishchi guruh tomonidan o‘rnatilgan tartibda baholangach, tegishli texnik hisobot 2022 yil 20 iyul kuni Sohaviy xaridlar komissiyasi tomonidan tasdiqlandi hamda 2022 yil 5 avgust kuni OTB tomonidan maʼqullandi. Shundan kelib chiqib, 2022 yil 11 avgust kuni 7 ta konsultant tashkilotlarining moliyaviy takliflari ochildi. Moliyaviy takliflar ishchi guruh tomonidan o‘rnatilgan tartibda baholandi va baholash natijalari 2022 yilning 18 avgustida Sohaviy xaridlar komissiyasi tomonidan tasdiqlandi hamda 2022 yil 23 avgust kuni OTB tomonidan maʼqullandi. O‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra Dongsung Engineering Co., Ltd va Meinhardt Pte. Ltd. (Koreya-Singapur) qo‘shma korxonasi 4 041 210 AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy taklifi bilan g‘olib deb topilib, 2022 yil 24 oktabr kuni tomonlar o‘rtasida tegishli shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma 2022 yil 22 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida K0622372 raqami ostida hisobga olindi.
- Qurilish-montaj ishlari
Loyiha doirasida qurilish-montaj ishlarini olib boruvchi pudratchi tashkilotlarini tanlab olish maqsadida 2021 yil 9 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va OTBning rasmiy veb-saytlarida hamda “Birja” gazetasida tender savdolariga eʼlon berildi. Ko‘pchilik ishtirokchilarning talablariga binoan taklif qabul qilish muddati o‘rnatilgan tartibda 2 marotaba, yaʼni birinchi 2021 yil 8 noyabrdan 2021 yil 30 noyabr soat 15:00 gacha va ikkinchi marotaba 2021 yil 30 noyabrdan 2021 yil 6 dekabr soat 15:00 gacha uzaytirildi. 50 ta tashkilotlar tomonidan tender hujjatlari xarid qilib olindi. Belgilangan muddatga qadar 10 ta ishtirokchilardan turli Lotlar uchun 24 ta takliflar qabul qilib olindi. Belgilanganidek, 2021 yil 6 dekabr soat 15:00 da Sohaviy xaridlar komissiyasi boshchiligida kelib tushgan tender takliflarining texnik qismlari ochildi va ularni baholash uchun ishchi guruh tashkil etildi. Ishchi guruh tomonidan takliflarning texnik qismlari o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilib tegishli hisobot tayyorlandi. Ushbu baholash natijalari 2022 yil 24 martda Sohaviy xaridlar komissiyasi tomonidan tasdiqlandi hamda 2022 yil 14 iyul kuni OTB tomonidan maʼqullandi. Shularga asoslangan holda 2022 yil 20 iyulda texnik takliflari o‘rnatilgan talablarga javob beradigan 3 ta ishtirokchi takliflarining moliyaviy qismlari ochildi. Ushbu moliyaviy takliflar ishchi guruh tomonidan o‘rnatilgan tartibda baholandi va baholash natijalari 2022 yil 11 avgust kuni Sohaviy xaridlar komissiyasi tomonidan tasdiqlandi hamda 2022 yil 8 sentabr kuni OTB tomonidan maʼqullandi. Tender natijalariga ko‘ra Ozarbayjon Respublikasining “Lankaran Yol Tikinti” ochiq aksiyadorlik jamiyati 3 ta Lot bo‘yicha quyidagi moliyaviy takliflari bilan g‘olib pudratchi deb topildi:
|
LOT № |
Shartnoma qiymati |
Shartnoma qiymati |
|
1 |
49 300 707,14 |
56 695 813,21 |
|
2 |
28 551 505,97 |
32 834 231,87 |
|
3 |
69 742 028,09 |
80 203 332,30 |
|
|
147 594 241,20 |
169 733 377,38 |
Tomonlar o‘rtasidagi shartnomalar bo‘yicha muzokaralar yakunlanib, 2022 yil 6 oktabr kuni tegishli 3 ta Lot bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Mazkur shartnomalar 2022 yil 31 oktabrda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida K0622350, K0622351 va K0622352 raqamlarii ostida hisobga olindi.
- Individual va boshqa turdagi konsultant xizmatlari
Loyiha doirasida 2022 yil 22 aprel kuni ekologiya va ko‘chirish bo‘yicha milliy mutaxassislar tanloviga O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi veb-saytida va OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimi (CMS)dagi Konsultant xizmatlarini jalb qilish to‘g‘risidagi xabarnomasi (CSRN)da tegishli eʼlonlar berildi. Muddat yakuniga qadar, yaʼni 2022 yil 22 may kunigacha ekologiya bo‘yicha 9 ta individual konsultantlardan qiziqish bildirishnomalari qabul qilib olindi. Qiziqish bildirishnomalari o‘rnatilgan tartibda baholandi, baholash natijalari 2022 yil 6 iyul kuni OTB tomonidan maʼqullandi. Baholash natijalariga ko‘ra Jurabekov Shodiyor talablarga eng mos mutaxassis deb topilib, u bilan 2022 yil 8 iyul kuni shartnoma imzolandi.
Shuningdek, 2022 yil 22 may kuniga qadar ko‘chirish bo‘yicha 5 ta individual konsultantlardan qiziqish bildirishnomalari kelib tushdi. Qiziqish bildirishnomalari o‘rnatilgan tartibda baholandi va uning natijalari 2022 yil 4 avgust kuni OTB tomonidan maʼqullandi. Baholash natijalariga ko‘ra Xamraliyev Akbarjon belgilangan talablarga eng mos mutaxassis deb topilib, u bilan 2022 yil 5 avgust kuni shartnoma imzolandi. 2024 yilning sentabr oyida Xamraliyev Akbarjon sog‘ligi bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli ishini davom ettirolmaganligi sababli, u bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi va oktabr oyida o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra Furqat Olimov g‘olib deb topildi. 2024 yilning 6 dekabr kuni ko‘chirish bo‘yicha mutaxassis OTB tomonidan maqullandi va 13 dekabr kuni shartnoma imzolandi.
Loyihada belgilangan talablarga binoan tashqi monitoring bo‘yicha milliy mutaxassisni tanlab olish maqsadida 2022 yilning 10 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi veb-saytida va OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimi (CMS)dagi Konsultant xizmatlarini jalb qilish to‘g‘risidagi xabarnomasi (CSRN)da qiziqish bildirishnomalari taqdim qilish muddati 2022 yil 10 iyul bo‘lgan tegishli eʼlonlar berildi. Faqatgina bitta konsultant tomonidan qiziqish bildirilganini tufayli, muddat 2 marotaba, birinchi 2022 yil 10 iyulga va ikkinchi marotaba 2022 yil 1 avgustgacha uzaytirildi. Jami bo‘lib 2 ta konsultantlar tomonidan qiziqish bildirildi. Qiziqish bildirishnomalari o‘rnatilgan tartibda baholandi va uning natijalari 2022 yil 29 avgust kuni OTB tomonidan maʼqullandi. Baholash natijalariga ko‘ra Royka Yekaterina belgilangan talablarga eng mos mutaxassis deb topilib, u bilan 2022 yil 30 avgust kuni shartnoma imzolandi.
Loyiha komponentlariga kiruvchi gender masalalari bo‘yicha milliy mutaxassisni tanlab olish uchun 2022 yilning 6 oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi veb-saytida, OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimi (CMS)dagi Konsultant xizmatlarini jalb qilish to‘g‘risidagi xabarnomasi (CSRN)da hamda “Tenderweek” elektron portalida qiziqish bildirishnomalari taqdim qilish muddati 2022 yil 7 noyabr bo‘lgan tegishli eʼlonlar berildi. Muddat yakuniga qadar 3 ta individual konsultantlardan qiziqish bildirishnomalari kelib tushdi va o‘rnatilgan tartibda baholandi va uning natijalari 2022 yil 5 dekabr kuni OTB tomonidan maʼqullandi. Baholash natijalariga ko‘ra Mirzayeva Shahnoza belgilangan talablarga eng mos mutaxassis deb topilib, u bilan o‘tkazilgan uzoq muddatli muzokaralardan so‘ng 2023 yilning 11 aprel sanasida shartnoma imzolandi.
Shu bilan bir qatorda tashqi moliyaviy audit xizmatlarini ko‘rsatuvchi konsultant tashkiloti tanlovi bo‘yicha 2022 yil 14 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy veb-saytida, OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimi (CMS)dagi Konsultant xizmatlarini jalb qilish to‘g‘risidagi xabarnomasi (CSRN)da hamda “Tenderweek” elektron portalida qiziqish bildirishnomalari taqdim qilish muddati 2022 yil 18 noyabr bo‘lgan tegishli eʼlonlar berildi. Muddat yakuniga qadar 5 tashkilotlardan qiziqish bildirishnomalari kelib tushdi. Qiziqish bildirishnomalari joriy etilgan tartibda baholangach, shakllantirilgan 4 ta tashkilotlardan iborat qisqa ro‘yhat OTB tomonidan 2023 yil 23 yanvar kuni maʼqullandi. 2023 yil 25 yanvarda ushbu 4 ta tashkilotlarga taklif berish uchun so‘rovnomalar (RFP) yuborildi. Belgilanganidek, 2023 yil 15 fevral soat 15:00 ga qadar 4 ta tashkilotlardan takliflar qabul qilib olindi hamda takliflarning texnik qismlari ochildi. Takliflarning texnik qismlari joriy etilgan tartibda baholangach, baholash natijalari 2023 yil 29 mart kuni OTB tomonidan maʼqullandi. Baholash natijalariga ko‘ra 3 ta tashkilotning moliyaviy takliflari 2023 yil 31 mart kuni ochildi. Moliyaviy takliflar o‘rnatilgan tartibda baholandi va baholash natijalari 2023 yil 21 aprel kuni OTB tomonidan baholandi. Baholash natijalariga ko‘ra “TSIAR-FINANS” MCHJ 31 020 AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy taklifi bilan g‘olib deb topilib, 2023 yilning 3 mayida audit tashkiloti bilan tegishli shartnoma imzolandi.
Beton qoplamalari bo‘yicha xalqaro mutaxassisni yollash maqsadida 2022 yil 8 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy veb-saytiga, OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimi (CMS)dagi Konsultant xizmatlarini jalb qilish to‘g‘risidagi xabarnomasi (CSRN)ga hamda “Tenderweek” elektron portaliga qiziqish bildirishnomalarini taqdim qilish muddati 2022 yil 23 dekabr bo‘lgan tegishli eʼlonlar joylashtirildi. Muddat yakuniga qadar 13 ta mutaxassislardan qiziqish bildirishnomalari qabul qilib olindi. Ushbu mutaxassislar tegishli tartibda baholangach, baholash natijalari 2023 yil 8 fevral kuni OTBga ko‘rib chiqish uchun yuborildi. OTB tomonidan bildirilgan eʼtirozlar va kamchiliklar o‘rnatilgan tartibda bartaraf etilgach 2023 yilning 19 aprel sanasida OTB tomonidan maʼqullandi. Baholash natijalariga ko‘ra, Hindistonlik Ramesh Chand Vishvakarma belgilangan talablarga eng mos mutaxassis deb topilib, u bilan 2023 yil 15 may kuni tegishli shartnoma imzolandi.
Ichki audit xizmatlarini ko‘rsatuvchi konsultant tashkilotini tanlab olish bo‘yicha 2022 yil 28 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy veb-saytiga, OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimi (CMS)dagi Konsultant xizmatlarini jalb qilish to‘g‘risidagi xabarnomasi (CSRN)ga hamda “Tenderweek” elektron portaliga qiziqish bildirishnomalarini taqdim qilish muddati 2022 yil 28 dekabr bo‘lgan tegishli eʼlonlar joylashtirildi. Muddat yakuniga qadar 4 ta tashkilotlardan qiziqish bildirishnomalari kelib tushdi. Qiziqish bildirishnomalari joriy etilgan tartibda baholangach, shakllantirilgan 2 ta tashkilotlardan iborat qisqa ro‘yhat 2023 yil 22 fevral OTB tomonidan maʼqullandi. Rejalashtirilganidek, 2023 yil 17 mart kuni 2 ta tashkilotning texnik takliflari ochildi. Texnik takliflar o‘rnatilgan tartibda baholandi va 2023 yil 19 aprel kuni OTB tomonidan maʼqullandi. 2023 yil 25 aprel kuni mazkur 2 ta tashkilotning moliyaviy takliflari ochildi va baholandi. Baholash natijalaridan kelib chiqib “PKF MAK ALYANS” MCHJ bilan 2023 yil 22 may kuni 44 620 AQSH dollarlik tegishli shartnoma imzolandi.
Shuningdek, shartnomalarni boshqarish bo‘yicha xalqaro mutaxassisni yollash maqsadida 2023 yil 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy veb-saytiga, OTBning Konsultantlarni boshqaruv tizimi (CMS)dagi Konsultant xizmatlarini jalb qilish to‘g‘risidagi xabarnomasi (CSRN)ga hamda “Tenderweek” elektron portaliga qiziqish bildirishnomalarini taqdim qilish muddati 2023 yil 17 aprel bo‘lgan tegishli eʼlonlar joylashtirildi. Muddat yakuniga qadar 42 ta mutaxassislardan qiziqish bildirishnomalari qabul qilib olindi. Ushbu mutaxassislar tegishli tartibda baholandi hamda baholash natijalari 2023 yil 19 iyul kuni OTB tomonidan maʼqullandi. Baholash natijalariga ko‘ra, shartnomalarni boshqarish bo‘yicha Nepallik Shambhu KS belgilangan talablarga eng mos mutaxassis deb topilib, u bilan 2023 yil 27 iyul kuni tegishli shartnoma imzolandi.
- LOYIHA DOIRASIDA IQTISOD QILINGAN MABLAG‘LAR HISOBIDAN SEMENT-BETON QOPLAMALI ICHKI YO‘LLARNI QURISH TO‘G‘RISIDA MAʼLUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 18 maydagi PQ-249-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirishga xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 27 dekabrdagi VMQ-723-son Qaroriga muvofiq xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish ko‘zda tutilgan.
Belgilangan Qarorlarga muvofiq pudratchi “LANKARAN YOL TIKINTI” OAJ bilan 2024 yil 1 martda Surxondaryo viloyatida 52,9 km uzunlikdagi sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish uchun hamda 2024 yil 29 fevralda qurilish ustidan texnik nazorat o‘rnatish uchun Dongsung Engineering Co., Ltd va Meinhardt Pte. Ltd. qo‘shma korxonalari bilan 9,2 mln AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolandi.
Shartnomalar Osiyo taraqqiyot banki bilan kelishilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya, sanoat va savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
