Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “D 213 “Urganch-Xonqa-Hazorasp-Amudaryo daryosi-A380” avtomobil yo‘lining 0-84 km (84 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo‘yicha MA’LUMOT
Asos: 08.11.2024 yildagi PQ-390-son qarori.
Qarz bitimi: 02.05.2024 yilda imzolangan. Amal qilish muddati –
31.12.2029 yil
Kredit qiymati: 238,0 мln.AQSH.doll.
Amalga oshirish muddati: 2024 - 2029 yy.
Loyiha quvvati: 84 км
Loyiha hududi: Xorazm viloyatining D213 avtomobil yo‘li Urganch shahrida 2,7 km, Urganch tumanida 7,3 km, Xonqada 14 km, Bog‘otda 22 km, Xazoraspda 28 km, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida 10 km
|
т/r |
Ko‘rsatkich nomi |
O‘lchov birligi |
Ko‘rsatkich |
|
1 |
Trassa uzunligi |
км |
84 |
|
2 |
Yo‘l qoplamasi - sement-beton |
sм |
26 |
|
3 |
Tasmalar soni |
таsма |
4-6 |
|
4 |
Avtomobil yo‘li tasmasi kengligi |
m |
3,5 |
|
5 |
Harakatlanish tezligi |
км/sоат |
80-100-120 |
|
6 |
Yo‘l o‘qiga tushadigan yuk ko‘tarish qobiliyati |
тоnnа |
13 |
|
7 |
Ko‘priklar/yo‘l o‘tkazgichlar |
dоnа |
44/4 |
|
8 |
Piyodalar o‘tish joylari (yer osti, yer usti) |
dоnа |
5 |
|
9 |
Yo‘l o‘tkazuvchanlik |
аvто/sutka |
19 000 |
Konsultant: 27.05.2025 yilda “TEMELSU International Engineering Services Inc. (Turkiya) kompaniyasi bilan qiymati 4,18 mln AQSH dollarlik shartnoma imzolangan. Shartnomaning amal qilish muddati – 02.06.2030 yil.
Pudratchi: 15.04.2026 yilda 1-lot CNI22nd (China Nuclear Industry 22nd Construction Co., ltd.) (Xitoy) kompaniyasi bilan qiymati 79,8 mln. AQSH dollarlik shartnoma imzolandi.
03.04.2026 yilda 2-lot bo’yicha CR20 (China Railway 20th Bureau Group Corporation) (Xitoy) kompaniyasi bilan qiymati 108,8 mln. AQSH dollarlik shartnoma imzolandi.
Amalga oshirilgan ishlar:
01.07.2025 yilda YETTB tomonidan pudratchini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tender hujjatlari hamda tender savdolarini e'lon qilish uchun ijobiy xulosa olindi. 02.07.2025 yilda pudratchini aniqlash bo‘yicha tender savdolari e’lon qilindi.
12.09.2025 kuni tender ishtirokchilarining texnik takliflari ochildi. Taqdim etilgan materiallar TEMELSU International Engineering Services Inc. konsultant kompaniyasi tomonidan to‘liq baholandi va natijalar baholash guruhi bilan kelishildi.
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 16 yanvardagi 04/vm-yu-15-0-5601/25-XDFU-son xizmat xatida baholash hisobotiga tegishli tashkilotlar xulosalari taqdim etildi hamda Vazirlar Mahkamasining xulosasiga asosan, 2026 yil 19 yanvarda tender savdolari qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan moliyaviy takliflar ochildi.
2026 yil 16 fevralda YETTB tomonidan yakuniy hisobotga e’tirozi yo‘qligi bo‘yicha xulosa olindi va tender natijalari bo‘yicha xabarnomani ko‘rib chiqish uchun bankka taqdim etildi.
2026 yil 16 fevralda YETTB tomonidan tender natijalari bo‘yicha xabarnomaga ijobiy xulosa olindi va tender qatnashchilariga yuborildi.
2026 yil 17 fevral kunidan boshlab, bank talabiga asosan 14 kunlik kutish davri boshlandi.
2026 yil 4 martda YETTB tomonidan kutish davri yakunlanganligi va g‘olib pudrat tashkilotlari bilan muzokaralar olib borishga e’tirozi yo‘qligini bildirdi.
2026 yil 18-30 martda g‘olib pudrat tashkilotlari bilan shartnoma oldi muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida tomonlarning taklif va e’tirozlari muhokama qilindi.
2026 yil 7 aprel kuni 2-lot bo’yicha tuzilgan shartnomaga YETTB tomonidan e’tirozi yo‘qligini bildirdi.
2026 yil 9 aprel kuni pudratchi bilan 2-lot bo’yica tuzilgan shartnoma Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan K13264192-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
2026 yil 18 aprel kuni 1-lot bo’yicha tuzilgan shartnomaga YETTB tomonidan e’tirozi yo‘qligini bildirdi
2026 yil 22 aprel kuni pudratchi bilan 1-lot bo’yicha tuzilgan shartnoma Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan K13264403-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
2026 yil 29 aprel kuni CR20 (China Railway 20th Bureau Group Corporation) tomonidan taqdim etilgan bank kafolatiga asosan avans tulovlari jarayoni amalga oshirilmoqda.
Keyingi qadamlar:
2026 yilning may-iyun oylarida loyiha doirasida mobilizatsiya ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
