“M-39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shaxrisabz – Termiz” avtomobil yoʻlining 1255-1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha MA'LUMOT
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi 158-son qaror.
Qarz bitimi: 2023-yil 26-aprelda (ITB) va 2023-yil 29-dekabrda (OPEK) imzolangan. Amal qilish muddatlari mos ravishda – 2029-yil 9-may va 2028-yil 31-dekabr.
Moliyalashtirish shartlari:
Kredit shartnomasi (ITB): Loan UZB-0086 (imtiyozli); kredit miqdori: 106,7 mln dollar; kredit muddati: 20 yil; imtiyozli davr: 5 yil; foiz stavkasi: 2,1% b.p yillik
Kredit shartnomasi (OPYeK): Loan 15551P (imtiyozli); kredit miqdori: 47,25 mln dollar; kredit muddati: 20 yil; imtiyozli davr: 5 yil; foiz stavkasi: 6 oylik - 2,3% b.p, yillik 0,25 %, bir martalik vositachilik haqi – 0,25%.
Jami foiz: 2,1 %+2,3 %=4,4 %
Kredit qiymati: 153,95 mln AQSH doll.
Amalga oshirish muddati: 2024 - 2029 yy.
Loyiha quvvati: 60 km.
Loyiha hududi: Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor va Dehqonobod tumanlari.
Loyihaning umumiy qiymati va moliyalashtirish manbalari boʻyicha taqsimoti:
Loyihaning umumiy qiymati 195,5 mln AQSH doll. tashkil qiladi, shundan Islom taraqqiyoti banki ulushi – 106,7 mln AQSH doll., OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ulushi – 47,25 mln AQSH doll., Oʻzbekiston Respublikasining ulushi – 41,5 mln AQSH doll. M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shaxrisabz – Termiz” avtomobil yoʻlining 1255-1315 km (60 km) qismida 4 tasmali sement-beton qoplamali yoʻl qurish.
Konsultant: “TEMELSU International Engineering Services Inc. (Turkiya) kompaniyasi bilan 2024-yil 31-mayda qiymati 3,9 mln AQSH doll. shartnoma imzolandi. Shartnomaning amal qilish muddati – 2030-yil 30-may. Loyiha doirasida birinchi lot (46,9 mln AQSH doll.) va ikkinchi lot (27,04 mln AQSH doll.) boʻyicha Xitoyning “China Road and Bridge Corporation” kompaniyasi, uchinchi lot (33,5 mln AQSH doll.) boʻyicha “Dineshchandra-New-Tech-Tekar” qoʻshma korxonasi bilan pudrat shartnomalari imzolandi.
Bugungi kunda pudrat tashkilotlar tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan loyiha doirasida:
- 2,64 mln m3 hajmda yer ishlari;
- 261,4 ming m2 sathda yoʻl poyining yuqori qatlamini tekislash ishlari;
- 1427,0 pm drenaj ishlari;
- 149,6 ming m2 sathda mavjud asfaltbeton qoplamani demontaj qilish ishlari;
- 11,9 km uzunlikda bir tomonda, 1,8 km ikkinchi tomonda sementbeton qoplama qurish ishlari bajarildi.
Shuningdek, loyiha doirasida koʻpriklar va sun'iy inshootlarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
