DASTLABKI MALAKAOLDI SARALASHGA TAKLIF (IFP)
DASTLABKI MALAKAOLDI SARALASHGA TAKLIF (IFP)
Sana: 14.01.2026
Mamlakat: O'zbekiston Respublikasi
Loyiha nomi : 4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – Gʻallaorol avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish loyihasi
Sektor : Transport infratuzilmasi
Qurilish ishlarini xarid qilish: 4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – G‘allaorol yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasi
Moliyalashtirish usuli : To'lovni bo'lib to'lash
Moliyalashtirish raqami UZB-1048
Shartnoma nomi: ICB raqami: DG-R-01,02,03;
ICB raqami (Xarid rejasiga muvofiq): ICB raqami: DG-R-01,02,03;
1. Ushbu dastlabki malakaoldi saralashga taklifi loyiha doirasida Umumiy xaridlar to'g'risidagi bildirishnoma (GPN) ga muvofiq bo‘lib, u ITB veb-sayti / DGmarket / UNDB Online / Tenderweek veb-sayti va O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo'mitasi veb-saytida 2025-yil 20-oktabrda onlayn tarzda e’lon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Islom taraqqiyot bankidan ( ITB ) 4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – Gallyaaral yoʻlini rekonstruksiya qilish loyihasi xarajatlarini moliyalashtirish uchun ariza bergan bo‘lib, mablag‘larning bir qismini 4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – Gallyaaral yoʻlini rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha DG-R-01,02,03 shartnomalari boʻyicha toʻlovlarga yoʻnaltirishni rejalashtirgan.
3. O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi Avtoyulinvest agentligi (Ish beruvchi) va Loyihani amalga oshirish guruhi (LAOG) 4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – Gallyaaral yo'lini rekonstruksiya qilish loyihasida ishtirok etish uchun pudratchilar va/yoki firmalarni dastlabki malakaoldi saralashni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Tender takliflarini qabul qilish 2026-yil
14-yanvardan boshlanishi kutilmoqda. Quyidagi asosiy malakaga ega bo'lgan nomzodlar ushbu dastlabki malakaoldi saralash jarayonida ishtirok etishga taklif etiladi:
• Moliyaviy resurslar: Qurilishni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchcun minimal moliyaviy resurslar quyidagicha baholanadi:
1-lot uchun = 6,81 million AQSh dollari;
2-lot uchun = 5,25 million AQSh dollari;
3-lot uchun = 9,20 million AQSh dollari;
- Hammasi (1-3-lotlar) = 21,26 million AQSh dollari.
• O'rtacha yillik qurilish aylanmasi: Minimal o'rtacha yillik qurilish aylanmasi:
1-lot uchun = 54,50 million AQSh dollari;
2-lot uchun = 42,00 million AQSh dollari;
3-lot uchun = 73,60 million AQSh dollari;
Barchasi (1-3-lotlar) = 170,1 million AQSh dollari
• Umumiy qurilish tajribasi:
2018 yilning 1 yanvaridan boshlab kamida so'nggi 7 yil davomida qurilish shartnomalari bo'yicha bosh pudratchi, qo'shma korxona a'zosi, subpudratchi yoki boshqaruv pudratchisi sifatida ish tajribasi.
• Qurilish va shartnomalarni boshqarish bo'yicha maxsus tajriba:
(i) Har birining minimal yillik aylanmasi tegishli summaga teng bo'lgan ikkita (2) shartnoma. Ariza beruvchi quyidagi tajriba talablarini namoyish qilishi kerak:
(ii) 2020-yil 1-yanvardan boshlab arizalarni topshirishning oxirgi muddatigacha bosh pudratchi, qo'shma korxona a'zosi, boshqaruv pudratchisi yoki subpudratchi sifatida qoniqarli va deyarli bajarilgan, quyida ko'rsatilgan o'xshash shartnomalarning minimal soni:
1-lot: har birining minimal qiymati 43,60 million AQSh dollari bo'lgan ikkita (2) shartnoma;
2-lot: har birining minimal qiymati 33,60 million AQSh dollari bo'lgan ikkita (2) shartnoma;
3-lot: har birining minimal qiymati 58,88 million AQSh dollariga teng ikkita (2) shartnoma;
Barcha shartnomalar uchun (1–3-lotlar): har biri minimal qiymati 136 million AQSh dollari bo'lgan ikkita (2) shartnoma.
yoki
(i) bandga muvofiq bitta shartnomaning minimal qiymatiga nisbatan rioya qilingan taqdirda, shartnomalarning umumiy soni beshta (5) ga teng yoki undan kam bo'lishi kerak, ammo barcha bunday shartnomalarning umumiy qiymati 136,0 million AQSh dollariga teng yoki undan ko'p bo'lishi kerak.
va
Shartnomalarning o'xshashligi quyidagilarga asoslanadi:
VII bo'lim – “Ishlar hajmi”ga muvofiq, minimal asosiy talablar quyidagilar:
Yo'l parametrlari: Tsement-beton qoplamali, asfalt-beton qoplamali yoki asfalt qoplamali ikki tasmali yo'l, quyidagi minimal qoplama qalinligi va minimal umumiy uzunligi va kengligi bilan:
– Tsement-beton qoplama: minimal qalinligi 25 sm;
– Asfalt-beton qoplama yoki asfalt qoplamasi: asfaltning umumiy qalinligi kamida 18 sm (bog‘lovchi va ustki qatlamlarini o‘z ichiga olgan holda).
Minimal umumiy uzunlik:
- 1-uchastka = 16,8 km;
- 2-uchastka = 20,0 km;
- 3-uchastka = 20,4 km.
Tuzilmalar:
- Ko'priklar – 1–3-lotlar uchun har biri 5 tadan;
- Kesishmalar – 1–3-lotlar uchun har biri 1 tadan;
- Piyodalar uchun yer osti o'tish joylari – 1–3-lotlar uchun 1 tadan;
Malaka talablari haqida batafsil ma'lumot Dastlabki malakaoldi saralash hujjatida keltirilgan.
4. Dastlabki malakaoldi saralash Islom taraqqiyot bankining 2019-yil aprel oyidagi ITB loyihalarini moliyalashtirish doirasida tovarlar, ishlar va tegishli xizmatlarni sotib olish bo'yicha qo'llanmasida ("Qo'llanmalar") ko'rsatilgan dastlabki malakaoldi saralash tartib-qoidalari orqali amalga oshiriladi va Qo'llanmada belgilanganidek, tegishli a’zo mamlakatlardan kelgan barcha arizachilar uchun ochiq. Savdolar Qo'llanmada ko'rsatilganidek, ochiq xalqaro raqobat savdolar (ICB Open) tartib-qoidalari orqali amalga oshiriladi.
5. Qiziqqan nomzodlar Avtoyulinvest agentligidan qo'shimcha ma'lumot olishlari va dastlabki malakaoldi saralash hujjatlari bilan quyida ko'rsatilgan manzilda, Toshkent vaqti bilan soat 09:00 dan 17:00 gacha ish vaqtida tanishib chiqishlari mumkin.
6. Ingliz tilidagi dastlabki malakaoldi saralash hujjatlarning to'liq to'plamini manfaatdor nomzodlar quyidagi manzilga yozma ariza topshirganlaridan va Markaziy bank kursi bo'yicha 300 (AQSh dollari) miqdorida qaytarilmaydigan to'lovni to'laganlaridan so'ng sotib olishlari mumkin. To'lov usuli quyidagi bank hisob raqamiga to'g'ridan-to'g'ri pul mablag‘larini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Hujjatlar to‘plami sizning xatingizda ko'rsatilgan elektron pochta orqali yuboriladi.
Bank rekvizitlari:
Milliy valyutada:
Bank: Markaziy bankning to'lovlar markazi
Kod: 00014
Hisob raqami: 400110860262697045193118001 so'm
Hisob nomi: “Avtoyulinvest” agentligi” davlat muassasasi
AQSh dollarida:
Bank: Markaziy bankning to'lovlar markazi
Kod: 00014
Hisob raqami: 304510840262697045199118001 AQSh dollari
Hisob nomi: State institution “Avtoyulinvest” agentligi”
SWIFT: CBUZUZ22
(SWIFT xabari va toʻlov topshirigʻida “Toʻlov maqsadi” maydonida quyidagi soʻzlar boʻlishi shart: “4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – Gallyaorol yoʻlini rekonstruksiya qilish loyihasi uchun dastlabki malakaoldi saralash hujjatlari to‘plamini xarid qilish uchun”.)
7. Hujjatlar to‘plamini quyidagi manzilda, ish vaqti mobaynida, Toshkent vaqti bilan soat 09:00 dan 17:00 gacha, LAOGdan olish mumkin .
8. Dastlabki malakaoldi saralash uchun arizalar yopiq konvertlarda topshirilishi,
2026-yil 25-fevral, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 gacha quyidagi manzilga yetkazib berilishi va “4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – Gallyaaral yoʻlini rekonstruksiya qilish loyihasi uchun dastlabki malakaoldi saralash uchun ariza va shartnoma nomlari
(4R40 Dashtobod – Zomin – Baxmal – Gallyaaral yoʻlini rekonstruksiya qilish )” deb aniq belgilanishi kerak. Ariza beruvchilar oʻz arizalarini elektron tarzda topshirish imkoniyatiga ega emaslar. Kechiktirilgan arizalar rad etiladi. Arizalar ariza beruvchilarning vakillari va qatnashish istagida bo ‘lganlar ishtirokida quyida keltirilgan manzilda ochiladi.
9. Ish beruvchi ariza beruvchilarning arizalarini tayyorlash va topshirish bilan bog'liq har qanday xarajatlar uchun javobgar bo'lmaydi .
10. Ish beruvchi barcha ariza topshiruvchilarga dastlabki malakaoldi saralashdan o'tgan arizachilarning nomlarini yozma ravishda xabar qiladi.
11. Murojaat etish uchun manzil(lar):
O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi
“Avtoyulinvest” agentligi,
Asliddin Isayevga, direktor
622-xona, 6-qavat, Mustaqillik shox ko'chasi 68 uy, 100000, Toshkent, O'zbekiston
Tel: +998 99 892 94 11
Elektron pochta: piuisdb4r40@gmail.com
Veb-sayt: www.uzavtoyul.uz
