Sarmoya loyihalari
O‘zbekiston landshaftlarini barqaror tiklash loyihasi (RESILAND) (P174135) bo‘yicha qisqacha ma’lumot:
Loyihaning maqsadi va tarkibiy qismlari. Loyihani ishlab chiqishdan maqsad (LIChM/ PDO) bu O‘zbekistondagi tanlangan mintaqalardagi tomonidan landshaftni barqaror boshqarish doirasini kengaytirish va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida transchegaraviy landshaftni tiklash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
O‘zbekistonning barqaror landshaftlarini tiklash loyihasi jami 153 million AQSh dollaridan iborat.
Shulardan 142 million AQSh dollari miqdoridagi IDA krediti hisobidan moliyalashtiriladi va 8 million AQSh dollari PROGREEN trast fondi granti va 3 million AQSh dollari Koreya Jahon banki hamkorlik fondi (KWPF) maqsadli jamg‘armasi grantlaridan iborat.
Loyihaning 1-tarkibiy qismi: Institutlar va qonunchilik hamda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish (Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) tomonidan 10,50 million AQSh dollari; PROGREEN tomonidan 2,00 million AQSh dollari va Koreya Jahon Banki hamkorlik fondidan 3,00 AQSh dollari). Ushbu tarkibiy qism konsultatsiya xizmatlarini, tovarlarni, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarni hamda operatsion xarajatlarni moliyalashtiradi. 1.1-kichik tarkibiy qism qonunchiligini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, O‘zbekistondagi o‘rmon landshaftlarini tiklash va barqaror boshqarish hamda O‘zbekistonning yerlarning degradatsiyasi neytralligi (LDN) va milliy belgilangan hissasi (NDC) maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashda asosiy manfaatdor tomonlarning imkoniyatlarini oshirish uchun huquqiy va institutsional bazani yaratishda yordam beradi. 1.2- ushbu kichik komponent O‘rmon landshaftlarini qayta tiklash (O‘LKT) va o‘rmonlarni boshqarish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) platformasini, shu jumladan o‘rmonlarni monitoring qilishning milliy tizimini (O‘MKMT) tashkil etadi. 1.3 - kichik tarkibiy qismi siyosat va strategiyani uyg‘unlashtirish va mintaqaviy darajada paydo bo‘layotgan yangi iqlim tahdidlarini, masalan, haroratning isishi, yog‘ingarchilik tartibining o‘zgarishi va biologik xilma-xillikning yo‘qolishi hamda qurg‘oqchilik muammolarini hal qilish uchun mintaqaviy landshaftni tiklash platformasini yaratish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga hissa qo‘shadi. Ushbu kichik tarkibiy qismning mintaqaviy ikkilamchi samaradorligi o‘zaro bilimlarni kuchaytirish va qonunchilikni, standartlar, texnologiyalarni muvofiqlashtirish va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab transchegaraviy landshaftni tiklash uchun baholash usullarining izchilligi bilan bog‘liq.
Loyihaning 2-tarkibiy qismi: Landshaft (Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) tomonidan 84,00 million AQSh dollari; PROGREEN tomonidan 6,00 million AQSh dollari). Ushbu tarkibiy qism ishlarni, konsalting xizmatlarini, konsalting bo‘lmagan xizmatlarni, tovarlarni, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarni, hamda operatsion xarajatlarni moliyalashtiradi. 2.1-kichik tarkibiy qism o‘rmon bilan landshaftni tiklash va boshqarishni yaxshilashdan iborat. Kuyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
a) daraxt ekish va turlarini tanlash qarorlarni qo‘llab qo‘llash vositasi sifatida uch bosqichli elektron geografik axborot tizimiga (GIS) asoslangan tizim ishlab chiqish;
b) himoya (ihota) o‘rmonlarni tiklash maqsadlarida daraxtzorlar ekish; v) ekotizim xizmatlariga yo‘naltirilgan tadbirlar, shu jumladan dehqon aholi tomonidan o‘rmon ekish tadbirlari (Green wager dasturi), bioxilma-xillikni ko‘paytirish tadbirlari va boshqalar.
2.2-kichik tarkibiy qism doirasida aholi tomonidan yaratilgan daromad manbalarini kuchaytirish va yangi manbalar tuzishga e’tibor beriladi, shu jumlalardan kichik biznesni rivojlantirishga grantlar beriladi, biznes treninglar olib boriladi va boshqalar.
Loyihaning 3-tarkibiy qismi: (Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) tomonidan 40,00 million AQSh dollari). Ushbu tarkibiy qism konsalting xizmatlarini, konsalting bo‘lmagan xizmatlarni, tadbirkorlikni rivojlantirishga mos keladigan kredit yoki grantlarni, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarni, hamda operatsion xarajatlarni moliyalashtiradi. 3.1- kichik tarkibiy qismi O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan hududlarni boshqarishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan. O‘rmon xo‘jaligi boshqaruvi ostidagi ikkita muhofaza qilinadigan hudud - Zomin Milliy bog‘i (Jizzax), va Zarafshon milliy bog‘i (Samarqand) larning muhofazasi va boshqaruv tizimlari moliyalashtiriladi.
Kichik 3.2 tarkibiy qismi mahalliy sayyohlar va ortib borayotgan xalqaro turistlar uchun mo‘ljallangan tabiatga asoslangan turizmni ekologik jihatdan barqaror va iqlimga chidamli targ‘ib qiladi.
Sarmoyalar Bobotog‘ va Uzun (Surxondaryo), Pop (Namangan), Qolgansir (Sirdaryo),Kitob va Shahrisabz (Qashqadaryo) kabi o‘rmon xo‘jaligi fondi yerlarida hamda Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo va Qashqadaryo milliy bog‘lari hududlarida yoki ularga tutash hududida amalga oshiriladi.
Loyihaning 4-tarkibiy qismi: Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish (Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (IDA) tomonidan 7 million AQSh dollari). Loyihaning 4-tarkibiy qismi konsalting xizmatlarini, konsalting bo‘lmagan xizmatlarni, tovarlarni, o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlarni, hamda operatsion xarajatlarni moliyalashtiradi. Ushbu tarkibiy qism O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining xalqaro aloqalar va ekoturizmni rivojlantirish (SCF-IRED) boshqarmasi tarkibidagi loyihani amalga oshirish guruhiga (LAOG/ PIU) va mintaqaviy darajadagi loyihani amalga oshirish guruhlariga qo‘shimcha operatsion xarajatlarni va o‘quv mashg‘ulotlarini, shuningdek Milliy boshqaruv qo‘mitasining (NSC) va texnik ekspert guruhining operatsion xarajatlarini ta’minlaydi. Loyihani amalga oshirish guruhi loyihani boshqarish, muvofiqlashtirish va hisobot tayyorlash topshiriqlarini, shu jumladan yillik ish rejalari va byudjetlarini tayyorlash, xaridlar faoliyati, loyiha mablag‘larini moliyaviy boshqarish (MB/FM), tashqi auditorlarni yollash, loyiha aloqa dasturini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash, hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi, monitoring va baholash hamda hisobot berish bilan shug‘ullanadi. Loyihani amalga oshirish guruhi, shuningdek loyihaning ekologik va ijtimoiy standartlarga muvofiqligini, gender jihatlariga e’tiborliligini va fuqarolarning faolligini ta’minlash uchun javobgardir.
O‘zbekiston landshaftlarini barqaror tiklash loyihasi (RESILAND) (P174135) bo‘yicha kuyidagi ekologik va ijtimoiy boshqaruv bo‘yicha hujjatlar jamoatchilik uchun ochilgan va saytimizda ingliz hamda mahalliy tillarda keltirilgan:
Yangilangan dokumentlar shu sahifaga joylashtiriladi.
1.План экологических и социальных обязательств (ПЭСО).
2. Environmental and Social Commitment Plan (ESCP).
3. Stakeholder Engagement Plan (SEP).
4. Plan Vzaimodeystviya s Zainteresovannimi Storonami (PVZS).
5. Environmental and Social Management Framework (ESMF).
6. Ramochniy Dokument po Ekologicheskim i Sotsialnim Zashitnim Meram
8. Plan upravleniya trudovimi resursami
9. Process Framework and Resettlement Process Framework
10. Ramochniy dokument po protsessu i ramochniy dokument po pereseleniyu
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.12.2019 yildagi № PP-4067 qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Sarmoya dasturining manzilli qismiga kiritish uchun taklif etilayotgan qo‘shimcha sanoat sarmoya loyihalari ro‘yxati.
Tashabbuskorlar va loyihalarning nomi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar va kreditlar: Eskirgan shag‘alni qayta ishlash zavodini yaratish.
Viloyatlar nomi: Buxoro viloyati.
Dizayn hajmi: yiliga 70 tonna.
Amalga oshirish muddati: 2019-2021.
Xorijiy sherik / kreditor: RRB REAL ROAD BUILDING MChJ Qo‘shma korxona.
Loyihaning umumiy qiymati: 2 mln $
Kutilgan qiymat 01.01.2019: 2 mln$
2019-yilga rivojlanish ma’lumoti: 1 mln$
2019-yilga jalb qilish (moliyalashtirish) prognozi: 1 mln $.
Dasturga kiritish uchun asos: Davlat o‘rmon xo‘jaligi agentligining xati 01/13-3895 dan 11.11.2019 yil
