DIQQAT E’LON!!!
2025-08-12 16:14:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon agentligi barcha talabgorlarni Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash" loyihasi doirasida jami 3 ta Lotdan iborat bo‘lgan "Qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalari bilan ta’minlash" paketi doirasida diskli boronalar, pluglar, kultivatorlar, pritseplar, turar-joy vagonlar, agregatlar xaridi bo‘yicha tender tanlovlarida ishtirok etishga taklif etadi.
– Ingliz tilidagi tender hujjatlari quyida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yozma ariza topshirilganidan keyin olinishi mumkin. Hujjatlar elektron pochta orqali yuboriladi.
– Takliflar 2025-yil 26-sentabr kuni soat 15:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) topshirilishi lozim. "TAKLIFNING ASL NUSXASI" va "TEXNIK QISM" hisoblanuvchi konvertlar tender qatnashchilarining belgilangan vakillari va barcha xohlovchilar ishtirokida 2025-yil 26-sentabr kuni soat 15:10 da ommaviy tarzda ochiladi. Elektron savdolarga yo‘l qo‘yilmaydi. Kechiktirilgan tender takliflari rad etiladi.
– "IKKINCHI KONVERT: MOLIYAVIY QISM" belgisi qo‘yilgan barcha konvertlar ochilmaydi va ommaviy tarzda ochilguniga qadar uni saqlash mas’uliyati Xaridor zimmasida qoldiriladi.
– 1-lot doirasida tender takliflari 10 000 (o‘n ming) AQSH dollari miqdoridagi kafolat ta’minotiga ega bo‘lishi shart.
– 2-lot doirasida tender takliflari 10 000 (o‘n ming) AQSH dollari miqdoridagi kafolat ta’minotiga ega bo‘lishi shart.
– 3-lot doirasida tender takliflari 20 000 (yigirma ming) AQSH dollari miqdoridagi kafolat ta’minotiga ega bo‘lishi shart.
– Xaridlar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Qarz oluvchi tender hujjatlariga kiritilgan benefitsiar mulki huquqini oshkor qilish shaklini qo‘llagan holda, shartnoma to‘g‘risidagi xabarnomaning bir qismi sifatida g‘olib ishtirokchining benefitsiar mulk huquqini oshkor qilishi shart.
Ma’lumot o‘rnida, tenderlar Jahon bankining 2020-yil noyabr oyidagi qarz oluvchilar uchun xaridlar to‘g‘risidagi nizomiga (XTN) asosan, takliflarni taqdim etish so‘rovi (TTS) dan foydalangan holda xalqaro raqobatbardosh xaridlar orqali amalga oshiriladi. Xaridlar barcha vakolatli savdo ishtirokchilari uchun ochiq tarzda o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar qo‘shimcha ma’lumotlarni O‘rmon agentligi huzuridagi Loyihani amalga oshirish guruhidan (soat 09:00 dan 18:00 gacha) olishi va tender hujjatlari bilan quyida ko‘rsatilgan manzilda tanishishi mumkin.
Buyurtmachi: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon agentligi
Shartnoma nomi: Qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalari bilan ta’minlash"
Qarz mablag‘lari hiosbidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi – shartnoma №7138-UZ
TTS №: LRP/G/ICB/06
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi 7a-uy
Qo‘shimcha savollar bilan "O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash" loyihasi rahbari Furqat Maksumovga (tel: +99890 3700076) murojaat qilish mumkin.
Elektron manzili: procurementresiland2025@gmail.com
