Jizzaxda "Mening bog‘im" loyihasi amalga oshirilmoqda
2025-04-16 10:13:00 / Yangiliklar
Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan tumanning Xonbandi mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 1442 tup manzarali ko‘chatlar ekildi.

Ayni vaqtda ekilgan ko‘chat va gullarni parvarish qilish uchun sug‘orish tarmoqlari barpo qilingan. “Mening bog‘im” loyihasi doirasida barpo etilgan mazkur 85 sotix maydondagi yashil bog‘da hudud aholisi madaniy hordiq olishi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Shuningdek, ushbu loyiha doirasida Arnasoy tumanidagi Yangi bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga ham 15 sotix maydonga 85 tup manzarali daraxt ko‘chatlari va har xil turdagi ko‘p yillik gul urug‘lari ekildi.
Bu kabi yaratuvchanlik tadbirlari viloyatning boshqa hududlarida ham rejaga asosan davom ettirilmoqda.
