Tayinlov!
2026-05-26 12:15:00 / Yangiliklar
Azamatov Shuxrat Saparbayevich Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligining Hududiy o‘rmonlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlov O‘rmon agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirildi.

Shuxrat Azamatov 1985-yil 8-mayda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodiyot fakultetini (bakalavr), 2009-yilda esa shu fakultetning magistratura bosqichini tamomlagan.
U ilk mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent viloyati hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi sifatida boshlagan. 2013 – 2025-yillar davomida Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi “Parrandasanoat” uyushmasi va Ohangaron tuman hokimligida turli rahbar lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.
