Toshkent davlat agrar universitetida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
2026-05-21 15:15:00 / Yangiliklar
Mehnat yarmarkasida O‘rmon agentligi mas’ullari, hududiy tayanch o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari mas’ullarlari va talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotlar davomida sohaning dolzarb masalalari, istiqbolli yo‘nalishlari va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda bilim va ko‘nikmalarga ega, xorijiy tillarni puxta biladigan talabalarni Agentlik va hududiy xo‘jaliklarga ishga jalb etish, ularning kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda 36 nafar talaba bilan mutaxassisligi bo‘yicha dastlabki mehnat shartnomalari imzolandi.









