Cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-05-21 11:55:00 / Yangiliklar

Tadbirda cho‘llanishga qarshi kurashish, yer eroziyasining oldini olish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, yangi galofit bog‘lar barpo etish hamda barqaror o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ahamiyatlisi, memorandumga asosan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, soha mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashinuvini keng yo‘lga qo‘yish, o‘rmon xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda malakali kadrlar tayyorlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash joizki, hamkorlik doirasida ekologik sanoat modelini shakllantirish, agroo‘rmonchilik va chorvachilikni rivojlantirish, yuqori samaradorlikka ega suv tejovchi aqlli sug‘orish tizimlarini tashkil etish, sho‘rlanish darajasini aniqlash hamda yerlarning biologik holatini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, mazkur loyihalar orqali mintaqada yashillik darajasini oshirish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda cho‘llanishning oldini olish kabi yo‘nalishlarda yuqori natijalar kutilmoqda.





