"Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
2026-05-07 09:40:00 / Yangiliklar

Tadbir 2026-yil 2–4-iyun kunlari qadimiy Samarqand shahridagi "Silk Road Samarkand" zamonaviy xalqaro turizm majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, O'mon, Xitoy, Pokiston, Misr, BAA, Koreya Respublikasi, Qatar, Rossiya, Belarus, Malayziya, Turkiya, Qirg‘iz Respublikasi, Afg‘oniston, Fransiya, Finlyandiya, Hindiston, Bangladesh, Italiya, Germaniya, Polsha, Jazoir, Falastin, Kuvayt, Vengriya kabi 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi.
Xalqaro hamkorlar va ishtirokchilar orasida Global ekologik fond (GEF), Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN), Osiyo taraqqiyot banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP), UNESCO, Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI), Xalqaro biosho'rlangan qishloq xo'jaligi markazi (ICBA), BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO), BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE), UNICEF, BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP), Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Jahon banki, Global yashil o'sish instituti (GGGI), Islom taraqqiyot banki, CAREC va boshqalar bor.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizim tashkilotlari, xalqaro tuzilmalar hamda biznes va xususiy sektor vakillari o‘z ko‘rgazmalarini taqdim etishadi.
Dastur quyidagi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oladi: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, sun’iy intellekt va ekologiya, eko-ta’lim va Clean-Tech yechimlar, “yashil” qurilish, suv tejovchi texnologiyalar, yashil transport, FMCG va riteyl sohasidagi ekologik tashabbuslar, yashil energetika, barqaror qishloq xo‘jaligi, yashil moliya, “yashil” shaharlar rivoji, Orol dengizi va uning atrofi ekologiyasi hamda ko‘kalamzorlashtirish.
"Eco Expo Central Asia 2026" ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida tajriba almashish, innovatsion yechimlarni namoyish etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platformaga aylanadi.
Yashil kelajakni birgalikda barpo etishga qo‘shiling — ro‘yxatdan o‘ting va "Eco Expo Central Asia 2026"da ishtirok eting!









