Markaziy Osiyoda transchegaraviy landshaftlarni tiklash masalalari muhokama qilindi
2026-04-26 14:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov, Jahon bankining atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Abbate Asferacheyu, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) ijrochi direktori Botir Mamedov, Turkmaniston atrof-muhit vazirligi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi rahbari Shamammet Saryhanov, Qirg‘iziston FVV huzuridagi monitoring va prognozlash departamenti direktori Daurbek Sakiyev va BMTning cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha Konvensiyasi ekspertlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Markaziy Osiyoda ekologik muammolar, yerlar degradatsiyasi va iqlim o‘zgarishining oqibatlari tobora ortib bormoqda.
Tadbirda Erkin Muhiddinov mamlakatimizda tizimli amalga oshirilayotgan - yashil hududlarni kengaytirish, cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlar barpo etish tadbirlari haqida ma’lumot berdi.
“Aytish joizki, bugun cho‘llanish va yerlar degradatsiyasining oldini olish kabi masalalar global muammolardir. "Yashil belbog‘"lar, "yashil qoplama"lar barpo etishda mintaqa davlatlari hamjihatlikda ish olib borishi lozim. Sir emaski, iqlim o‘zgarishlarining oqibatlari chegara tanlamaydi.”, – dedi E.Muhiddinov
Yakunda kelgusida hamkorlik aloqalarini tizimli yo‘lga qo‘yishdan barcha manfaatdor ekanligi alohida qayd etildi.




