Cho‘llanishga qarshi kurashish borasida yangi loyihalar amalga oshiriladi
2026-04-16 10:10:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov va Xitoy Xalq Respublikasining Yulin shahri Xalqaro do‘stlik aloqalari uyushmasi direktori Vang Ying o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida E. Muhiddinov mehmonlarga mamlakatimizda davlatimiz tomonidan ekologik barqarorlikni ta’minlash, yangi o‘rmonlar barpo etish va tiklash hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
Tadbir davomida tomonlar yurtimizda Xitoy tajribasi asosida cho‘llanishga qarshi kurashish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, Orolbo‘yi mintaqasi va boshqa cho‘l hududlarida bu borada ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, hamkorlikda qo‘shma laboratoriya tashkil etish masalalarini muhokama qilishdi.
Yakunda kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan maqsad va vazifalar belgilab olindi.



