Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlandi
2026-04-09 19:30:00 / Yangiliklar
Bugun poytaxtimizda buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda parlament a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ullari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda O‘rmon agentligi mas'ullari Amir Temur haykali poyiga anvoyi gullar qo‘yishdi.


