Kiberjinoyatlardan ogoh bo‘ling!
2026-04-09 16:00:00 / Yangiliklar
Bugun internet tarmog‘i hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Ammo, so‘nggi yillarda internet tarmog‘ida sodir etilayotgan kiberjinoyatlar soni ortib bormoqda.

Firibgarlar shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, moliyaviy zarar yetkazish yoki akkauntlarni buzish uchun turli usullardan foydalanadilar.
Shu sababli har doim hushyor bo‘ling, noma’lum havolalarni ochmang, kuchli va murakkab parollar yarating, shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga bermang. Har qanday shubhali xabar yoki qo‘ng‘iroqqa ishonib, aldanib qolmang.
Unutmang, xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda. Kiberjinoyatlardan ogoh bo‘ling!
