Toshkent shahrida "yashil qoplama"lar barpo etilmoqda
2026-03-24 11:55:00 / Yangiliklar

Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi va Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan avtomagistral yo‘llar chetida 8-10 qatordan "yashil qoplama"lar barpo qilinyapti.
Shu kunlarda daraxt ko‘chatlari ekish tadbirlari qizg‘in davom ettirilmoqda. Bektemir tumanining Gulbog‘ va Zabardast mahallalari hududida 8 gektardan ziyod maydonda "yashil qoplama"lar yaratildi.
Toshkent shahar davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan zarang, shumtol, qrim qarag‘ayi, yapon saforasi va pavlovniya kabi hudud iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari yetkazib berilmoqda.
Hozirda Gulbog‘ mahallasida ko‘chatlarni sifatli parvarish qilish maqsadida tomchilatib sug‘orish tizimi uskunalari o‘rnatilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu tadbirlar Toshkent shahrining atmosfera havosi sifatini yaxshilash, yashillik darajasini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.





