“O‘rmonlar – barqaror kelajak poydevori” mavzusida press-tur o‘tkazildi
2026-03-19 14:55:00 / Yangiliklar

Tadbirda Agentlik va Ekologik partiya mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Press-tur davomida ishtirokchilar mamlakatimizda o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda cho‘llanishga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Tadbirda yurtimizda sohaning rivojlanish istiqbollari, ekologik barqarorlikni ta’minlashda yashil hududlarning ahamiyati hamda “Tabiatga ehson” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, jurnalistlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
Tadbir davomida o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari tomonidan daraxt urug‘larini ekish, nihol va ko‘chatlarni parvarishlash jarayonlari amaliy misollar orqali ko‘rsatib berildi.
Shu kuni “Ekolog jurnalistlar bog‘i” tashkil etildi hamda hududda 100 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.
Mazkur press-tur ekologik madaniyatni oshirish, tabiatga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.









