Bo‘zatovda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
2026-03-02 10:34:00 / Yangiliklar
Bo‘zatov davlat o‘rmon xo‘jaligida yong‘inlarning oldini olish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etildi.

Tadbirda o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari, tuman favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar bo‘limlari xodimlari hamda tibbiyot birlashmasi vakillari ishtirok etdi.
O‘quv mashqlarida o‘rmon hududlarida sodir bo‘ladigan favqulodda yong‘inlarni bartaraf etish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, tezkor axborot almashinuvi va boshqaruvni tashkil etish, jabrlanganlarni qutqarish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar belgilab olindi.









