DIQQAT E’LON!
2026-02-18 10:55:00 / Tender va e’lonlar

Mamlakat: O‘zbekiston Respublikasi
Loyiha: O‘zbekistonning Barqaror landshaftlarni tiklash loyihasi (RESILAND)
Qarz raqami: 7138-UZ
Topshiriq nomi: Ijtimoiy safarbarlik va jamoa darajasida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Texnik Hamkor (TAP)
Ma’lumotnoma raqami: LRP/QCBS/02
O‘zbekiston Respublikasi Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan O‘zbekistonning Barqaror landshaftlarni tiklash loyihasi (RESILAND)ni amalga oshirish uchun kredit mablag‘i olgan hamda ushbu mablag‘larning bir qismini konsalting xizmatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Loyihaning maqsadi – O‘zbekistonning tanlangan hududlarida barqaror landshaft boshqaruvidagi maydonlarni kengaytirish hamda aholining iqlimga chidamli daromad manbalarini rivojlantirishdir. Mazkur topshiriq 2.2-komponent (“Iqlimga chidamli daromad manbalari va qiymat zanjirlarini rivojlantirish”) doirasida amalga oshiriladi hamda Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Namangan viloyatlari hududlarida tanlangan jamoalarni qamrab oladi.
Qiziqish bildirgan konsalting tashkilotlari malakasi va tegishli tajribasini tasdiqlovchi quyidagi ma’lumotlarni (ammo ular bilan cheklanmaydi) taqdim etishi lozim:
- tashkilot haqida umumiy ma’lumot (profil);
- asosiy faoliyat yo‘nalishlari;
- faoliyat yuritgan yillar;
- loyiha faoliyatiga tegishli tajriba;
- asosiy mutaxassislar tarkibi;
- hududiy (mahalliy) ishtirok to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Mazkur topshiriq uchun Texnik topshiriq (TOR) hujjatini quyidagi elektron pochta manziliga murojaat qilish orqali olish mumkin:
procurementresiland2025@gmail.com
Hamkorlik shakllari
Konsultantlar malakasini oshirish maqsadida qo‘shma korxona (JV) yoki subkonsultant sifatida boshqa firmalar bilan birlashishi mumkin.
Qo‘shma korxona tuzilgan taqdirda, barcha ishtirokchilar qisqa ro‘yxatga olish jarayonida birgalikda baholanadi hamda texnik topshiriq bo‘yicha birgalikda, to‘liq javobgar bo‘ladi. G‘olib deb topilgan taqdirda, shartnoma barcha JV a’zolari tomonidan imzolanadi.
Arizada hamkorlik tuzilmasi hamda har bir hamkor va subkonsultantning vazifalari aniq ko‘rsatilishi shart. “in association with” yoki “in affiliation with” kabi noaniq iboralar qisqa ro‘yxatga olishda inobatga olinmasligi mumkin.
Ma’lum bir firma mazkur tanlov jarayonida faqat bir marta yakka tartibda yoki qo‘shma korxona a’zosi sifatida Qiziqish bildirish (EOI) so‘rovini taqdim etishi mumkin. Subkonsultant sifatida qatnashayotgan firma yakka tartibda yoki JV a’zosi sifatida alohida ariza bera olmaydi. Biroq, subkonsultant sifatida bir nechta takliflarda ishtirok etishi mumkin.
Manfaatlar to‘qnashuvi masalalariga oid qoidalar Jahon bankining 2020-yil noyabrdagi “IPF qarz oluvchilar uchun xaridlar reglamenti”ning III bo‘limi 3.14, 3.16 va 3.17-bandlarida belgilangan.
Konsultant QCBS (Sifat va narx asosida tanlash) usuli asosida, 2026-yil 18-martdagi Jahon banki Xaridlar reglamentiga muvofiq tanlanadi.
Qisqa ro‘yxat mezonlari
1. Umumiy tajriba:
- Konsultant kamida 5 yil davomida konsalting sohasida faoliyat yuritgan bo‘lishi kerak.
2. Maxsus tajriba:
- So‘nggi 5 yil ichida qiymati kamida 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi bitta shartnomani yoki jami qiymati kamida 1,5 mln. AQSh dollariga teng 2 yoki undan ortiq shartnomani muvaffaqiyatli yakunlagan bo‘lishi kerak.
3. Moliyaviy holat:
- Xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarda ishtirok etgan bo‘lishi;
- So‘nggi 5 yil uchun konsalting aylanmasini tasdiqlovchi ma’lumotga (kompaniya tomonidan tasdiqlangan bayonot shaklida) ega bo‘lishi;
- Malakali xodimlardan iborat mehnat jamoasi mavjudligi.
Eslatma: Asosiy ekspertlar qisqa ro‘yxat bosqichida baholanmaydi.
Ariza topshirish tartibi
Qiziqish bildirish so‘rovlari 2026-yil 18-mart kuni soat 16:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda quyida keltirilgan manzilga yuborilishi lozim. Kechiktirilgan arizalar qabul qilinmaydi. Hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi shart.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) olish mumkin.
Manzil:
Loyihani Amalga Oshirish Guruhi (PIU)
O‘zbekistonning barqaror landshaftlarni tiklash loyihasi (RESILAND)
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 7a-uy
O‘zbekiston Respublikasi
E-mail: procurementresiland2025@gmail.com
