Surxondaryoda о‘rmоn xo‘jaligi sohasiga oid yangi loyihaga start berildi
2026-02-06 09:55:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov, Surxondaryo viloyati hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari mas’ullari va yaqin hududlarda yashovchi aholi vakillari ishtirok etdi.
Umumiy 5 ming gektar yer maydonida tashkil etiladigan loyiha doirasida pista plantatsiyasi, zararli uglerodlar miqdorini kamaytiruvchi barqaror o‘rmonlar barpo etish, xalqaro standartlarga mos uglerod kreditlari yaratish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash va buning natijasida mamlakatimizda iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsad qilingan.
Tadbir davomida xitoylik mutaxassis tomonidan amaliy ko‘rgazmalar o‘tkazilib, ishtirokchilarga pista, bodom urug‘larini ilmiy asosda ekish va parvarishlash borasida tavsiyalar berildi.
Yakunda hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish jarayonida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan soha mutaxassislariga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.



