Uzun tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rmon xo‘jaligi ishchi-xodimlarining muammo va takliflari tinglandi
2026-02-04 18:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda Uzun tumani hokimi Xabibulla Bozorov hamda Surxondaryo viloyatidagi hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari mas’ullari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida o‘rmon fondini muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish, o‘rmonlar barpo etish va tiklash hamda soha faoliyatini yanada takomillashtirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda o‘rmonchilar tomonidan bildirilgan muammo, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Mas’ullar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va amaliy natijadorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida o‘rmon xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilayotgan bir guruh faollar Agentlik direktori tomonidan munosib rag‘batlantirildi.







