Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
2026-01-28 09:45:00 / Majlislar

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul xodimi Bobur Maxmatmurodov, O‘rmon agentligi mas’ullari, tizim tashkilotlari, hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Agentlik tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 270-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Yig‘ilish davomida Davlat rahbarining quyidagi qat’iy pozitsiyasi yana bir bor alohida ta’kidlandi: “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish – islohotlarimizga xiyonatdir. Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda favqulodda holat e’lon qilamiz.”
Yakunda xodimlarning huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda qonunbuzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.




