Surxon tog‘larida topilgan qo‘ng‘ir ayiq bolasi 3 yoshga to‘ldi
2026-01-12 12:05:00 / Yangiliklar

Ayiq bolasi dastlab o‘rmon xo‘jaligida parvarish qilindi. Bir muddat o‘tib, u Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelindi. Reabilitatsiya markazida veterinariya mutaxassislari tomonidan zarur davolash tadbirlari o‘tkazildi. Umumiy ahvoli yaxshilana boshlagan jonivorga Zinka deb nom berildi.
Zinka bugun sog‘lom va quvnoq. U hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, bolajonlarning sevimli jonzotlaridan biriga aylangan. Ayni paytda u 3 yoshni qarshi olmoqda.
Toshkent hayvonot bog‘iga keluvchilarga, albatta, azim Surxon tog‘larida tug‘ilgan Zinkani bir marta bo‘lsa ham ko‘rib ketishlarini tavsiya qilamiz. Chunki, bu tanishuv har birimizda yovvoyi tabiatga befarq bo‘lmaslik, ularni asrab-avaylash hissini uyg‘otishi tayin.




