Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omilidir
2025-12-29 12:32:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda yoshlarning muammolari, reja va maqsadlari tinglandi. Ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, talab yuqori bo‘lgan chet tillariga o‘qitish, tadbirkorlik va boshqa sohalarda faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashish masalalari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun barcha imkoniyatlar yaratish ustuvor vazifa sanaladi. Sababi, yoshlarning bilim olishi, mehnat qilishi va ijtimoiy faolligi ta’minlanishi mamlakatning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, – dedi E. Muhiddinov.
Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan seminarda yoshlar o‘rmon xo‘jaligi sohasiga qiziqish bildirib, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritish istagini ma’lum qildilar. Jumladan, ular xo‘jalikda maxsus texnikalarni boshqarish hamda texnik mexanik sifatida ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va istaklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish hamda ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yakunda tadbir ishtirokchilariga yangi yil sovg‘alari topshirildi.









