O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash masalalari muhokama qilindi
2025-12-22 09:55:00 / Yangiliklar

Seminarda guruh a’zolari D. Aralova, Z. Mamadaliyeva, S. Amanbayevalar loyihani samarali tashkil etish va ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi "Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida "O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 140-son qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. O‘rmon landshaftlarini tiklash va o‘rmon resurslarini samarali boshqarish, "yashil iqtisodiyot"ni qo‘llab-quvvatlash choralarini izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda loyihani amalga oshirish jarayonida aholi va o‘rmon xo‘jaligi atrofida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarga zarar yetkazmasdan ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.



