Bolgariyaning "Acta Climate" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-12-03 11:25:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘rmon agentligi mas’ullari, Green Univercity rektori v.b. Sh.Nurilloyev, olimlar hamda ekspertlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hududida degradatsiyaga uchragan yer maydonlarini tiklash, yangi o‘rmonlar barpo etish va hududlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
"Acta Climate" mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonda afforestatsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki baholash va o‘rganish ishlari boshlangani ma’lum qilindi. Mazkur loyiha degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, karbonni uzoq muddatli tarzda singdirish va Verra / VCS xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlashni o‘z ichiga oladi.
Ekspertlar O‘zbekistonning o‘rmon xo‘jaliklari va mahalliy hududlar kesimida ekologik, klimatik, tuproq va logistik ma’lumotlarni aniqlik bilan taqdim etish muhimligini ta’kidladilar. Ma’lumotlar viloyat yoki tuman darajasida emas, balki aniq o‘rmon xo‘jaliklari kesimida taqdim etilishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Yakunda tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan maqsad va vazifalar belgilab


