Qorako‘lning sifatli ko‘chatlari viloyat bo‘ylab yetkazib berilmoqda
2025-12-02 10:00:00 / Yangiliklar

Xo‘jalik rahbari Sardor Jabborovning ma’lum qilishicha, bu yerda o‘rik, shaftoli, uzum, tut kabi mevali ko‘chatlar hamda qayrag‘och, terak, jiyda, pavlovniya, sosna, tuya, morjiveyka, yasin, shumtol, zarang kabi manzarali daraxt turlari ilmiy asosda parvarish qilinmoqda. Ko‘chatlar zamonaviy agrotexnik talablar asosida sug‘oriladi, o‘g‘itlanadi va zararkunandalardan himoya qilinadi.
Mavsumda o‘rmon xo‘jaligi o‘zida yetishtirilgan sifatli ko‘chatlarni tuman, balki viloyatning barcha hududlariga yetkazib berib, yirik ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mazkur xo‘jalikda ko‘chat qazishdan tortib, nihollarni tegishli tashkilotlargacha yetkazib berish ishlari tizimli tashkil qilingan. Qolaversa, xo‘jalik xodimlariga hududning o‘zida issiq ovqat tashkil etilganligi ish samaradorligini yanada oshirmoqda.




