Polsha investitsiya va savdo agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-10-25 20:35:00 / Yangiliklar

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish, GSP+ dasturi doirasida Yevropa Ittifoqi bozorlariga milliy mahsulotlar eksportini kengaytirish, mintaqaviy bozorlar va transport-logistika tizimi, istiqbolli yo‘nalishlar birgalikda tahlil qilindi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston va Polsha tovar aylanmasi so‘nggi besh yilda ikki barobar tezlashib, o‘tgan yil 400 million dollarga yaqinlashdi. Respublikamizda Yevropaning ushbu mamlakati sarmoyasi ishtirokida 39 korxona faoliyat yuritmoqda.
Polshada bo‘lib o‘tayotgan "Warsaw Home Textile 2025" xalqaro tekstil ko‘rgazmasida Agentlik, O‘zbekiston tekstil va to‘qimachilik korxonalarining ishtiroki qayd etildi.
Ishtirokchilar, shuningdek, O‘zbekiston bozorining jozibadorligini, respublikada keng ko‘lamli islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganini alohida urg‘uladilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar bundan buyon ham O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida soha yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatni ishga solishga tayyor ekanliklarini bildirdi.



