DIQQAT, E’LON!
2025-10-05 09:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 05.03.02 - Metrologiya va metrologiya ta’minoti ixtisosligi
O‘zbekiston Standartlar institutida 05.02.04 – Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish ixtisosligi
O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest)da 05.03.01 - Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoqlar bo‘yicha) ixtisosligi.
Doktorantura (DSc)ga o‘qishga topshirishda talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Elektron tizim orqali diplom ma’lumotlari integratsiya qilingan taqdirda majburiy emas);
- kamida 3 ta maqola va 2 ta tezisning nusxalari havolasi bilan ((PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng nashr etilgan;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikat (B1 daraja)
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
Tayanch doktorantura(PhD)ga kirish uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi (elektron tizim orqali diplom ma’lumotlari integratsiya qilingan taqdirda, taqdim etish majburiy emas);
- kamida bitta ilmiy maqola va ikkita tezisning nusxalari (havolalari bilan);
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikat (B1 daraja)
Shuningdek, Standartlar institutida 05.02.04 – Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish ixtisosligi bo‘yicha Stajer-tadqiqotchilikka ham hujjatlar qabul qilinadi. Unga ham tayanch doktoranturaga(PhD) qabul qilinadigan hujjatlar to‘plami qabul qilinadi.
Barcha hujjatlar Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) elektron tarzda qabul qilinadi.
Murojaat uchun tel.:
UzMMI da +998 98 444 70 88, Standartlar institutida +998 97 705 47 24;
UzTestda +998 33 809 09 99
