Qashqadaryo viloyatining iqtisodiyot tarmoqlaridagi o‘sish nuqtalari o‘rganildi
2025-03-07 16:35:00 / Yangiliklar

Jumladan, "Odil Rayimqulov" MChJ, "Karom-impeks" MChJ XK, "Aziya max eksport" MChJ hamda "Shodlik" xususiy korxonasi faoliyati o‘rganilib, ulardagi mavjud muammolar va ularning yechimlari korxona vakillari ishtirokida muhokama qilindi hamda bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rilib, zarur tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, tumandagi bo‘sh turgan binolar va yer maydonlarida yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili o‘rganilib, yangi loyihalarga tashabbuskorlar topish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Xususan, o‘sish nuqtalari yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi hamda tuman hokimligi va Muborak tuman xalq deputatlari kengashi yig‘ilishiga taqdim etildi.


