Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!
2025-03-11 17:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda ishtirokchilarga joriy yilning Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat idoralarida korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha berilgan muhim topshiriqlarning ahamiyati muhokama markazida bo‘ldi.
Jumladan, Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlariga sohada korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar, korrupsiyani bartaraf etish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish jarayonida o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Shu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat bo'limi tomonidan amalga ishlar axboroti hamda korrupisiyani oldini olish yuzasidan takliflari tinglandi.




