Kiberxavfsizlik: zamonaviy tahdidlar va samarali himoya choralari
2025-02-27 15:00:00 / Yangiliklar

Tadbirdan asosiy ko‘zlangan maqsad – zamonaviy kiberxavflar haqida xabardorlikni oshirish, tashkilot va xodimlarning axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish va real holatlar asosida himoya strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
Seminar ochiq muloqot, savol-javoblar va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘tkazilib, ishtirokchilar kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida ekspertlar tomonidan quyidagi muhim mavzularga eʼtibor qaratildi:
Kiberxavfsizlikning dolzarb muammolari – so‘nggi yillarda kiberjinoyatlar ko‘lami kengayib, turli sohalarga tahdid solmoqda. Mutaxassislar kiberhujumlarning asosiy turlari, ularning sabablari va oldini olish usullari haqida ma’lumot berdilar.
Zamonaviy axborot tahdidlaridan himoyalanish – kiberxavfsizlik strategiyalarini shakllantirishda inson omili, zaif dasturiy ta’minot va noto‘g‘ri konfiguratsiyalangan tizimlar asosiy xavflardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Tashkilot va jismoniy shaxslar uchun kiberxavfsizlik tavsiyalari – Xodimlarning kibermadaniyatini oshirish, xavfsiz parol siyosatini yuritish, ikki faktorli autentifikatsiyani joriy etish va tarmoq xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim tavsiyalar yetkazildi.





