14-yanvar – VATAN HIMOYACHILARI KUNI
2025-01-14 09:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasi mamlakatimizga sidqidildan xizmat qilib, xalqimiz manfaati, jonajon yurtimiz taraqqiyoti va tinchligimizni asrash uchun jonini fido qilishga tayyor harbiylarimiz hamda barcha vatandoshlarimizni bayram munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Milliy armiyamizning har qanday tahdid va xavf-xatarga qarshi munosib zarba bera oladigan, el-yurt tayanchi va suyanchiga aylangan haqiqiy posbonlarga sharafli, muqaddas va mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
