Bozor nazorati sohasida xalqaro tajriba va strategik hamkorlik muhokamasi
2026-06-04 10:00:00 / Yangiliklar

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Bozor nazorati: Yevropa tajribasi” mavzusidagi trening-seminar doirasida Yevropa Ittifoqi ekspertlari — Maureen Logghe, Katarzyna Bednarz, Jan Deconinck va Tomasz Jóźwiak bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash, bozor nazorati tizimini takomillashtirish hamda zamonaviy nazorat mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
✅ Tomonlar sohada xalqaro tajribani keng joriy etish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, mahsulotlarning texnik talablarga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha samarali yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.
✅ Shuningdek, hamkorlikni yanada kengaytirish, Yevropa Ittifoqining texnik yordam va grant dasturlarini jalb etish hamda ekspertlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida so‘nggi yillarda mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish va bozor nazorati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida qayd etildi. Ushbu jarayonlar World Trade Organization talablariga mos ravishda O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✅ Uchrashuv yakunida bozor nazorati bo‘yicha milliy inspektorlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda Yevropa davlatlarida amaliy tajriba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.





