“Bozor nazorati: Yevropa tajribasi” mavzusidagi trening-seminarga start berild
2026-06-01 10:00:00 / Yangiliklar

🔘 Ayni paytda Toshkent shahridagi PANARAMS Tashkent mehmonxonasida Yevropa Ittifoqining TAIEX (Texnik yordam va axborot almashinuvi vositasi) dasturi hamkorligida “Bozor nazorati: Yevropa tajribasi” mavzusida trening-seminar bo‘lib o‘tmoqda.
🔘TAIEX — Yevropa Ittifoqining davlat boshqaruvi va institutsional salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan muhim texnik yordam dasturi hisoblanadi. Mazkur mexanizm orqali davlat idoralariga Yevropa qonunchiligi (Acquis) talablarini milliy qonunchilikka uyg‘unlashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ekspertlik ko‘magi taqdim etiladi.
🔘Trening-seminarda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi mutaxassislari hamda yuzlab tadbirkorlar onlayn formatda ishtirok etmoqda.
🔘Tadbir doirasida mahsulotlar bozorga chiqarilgandan keyin ularning xavfsizligini ta’minlash, inson hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan bozor nazorati tizimi, “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati hamda mazkur sohadagi ilg‘or Yevropa tajribasi muhokama qilinmoqda.
🔘Xususan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida nooziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini bozorda nazorat qilish mexanizmlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarni qisqartirish, mahsulot sifati uchun javobgarlikni deklaratsiyalash tamoyili asosida ishlab chiqaruvchilar zimmasiga yuklash, shuningdek, texnik tartibga solish tizimini xalqaro talablar va Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔘Seminar ishtirokchilari bozor nazorati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ahamiyati, ularning biznes muhitiga ta’siri hamda xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashmoqda.




