Yangi O‘zbekiston metrologiyasi: sifat, innovatsiya va xalqaro e’tirof
2026-05-20 11:00:00 / Yangiliklar

✅Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutida metrologiyaning zamonaviy taraqqiyot, sifat infratuzilmasi, xavfsizlik hamda innovatsion rivojlanishdagi muhim o‘rniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy tadbir tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbir sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda zamonaviy o‘lchash tizimlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
Unda vazirlik va idoralar vakillari, metrologiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tizim tashkilotlari, yetakchi xorijiy kompaniyalar, mahalliy hamkor tashkilotlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida metrologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, xalqaro standartlar, raqamlashtirish jarayonlari va ilmiy-innovatsion ishlanmalar yuzasidan fikr almashilmoqda.







