Gaz metrologiyasi sohasida xalqaro hamkorlik muhokama qilindi
2026-05-19 10:00:00 / Yangiliklar

🔵 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari L.Saidoripov China Petroleum Pipeline Engineering Corporation (CPPE) korporatsiyasining Markaziy Osiyo filiali bosh direktori o‘rinbosari Ma Chjao Nan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🩷 Ma’lumot uchun: CPPE — Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi — China National Petroleum Corporation (CNPC) tarkibiga kiruvchi yirik xalqaro pudratchi, loyihalash va konsalting kompaniyasi bo‘lib, neft-gaz sohasida infratuzilma obyektlarini qurishga ixtisoslashgan.
🟢 Muloqot davomida tabiiy gaz sarfini yuqori bosim sharoitida metrologik tekshiruvdan o‘tkazish hamda ushbu yo‘nalishda qo‘shma laboratoriya tashkil etish loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
🟤 Shuningdek, sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, texnik imkoniyatlarni kengaytirish va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
🟡Uchrashuv yakunida Xitoy tomoni O‘zbekistonning yuqori investitsiyaviy salohiyatini alohida e’tirof etib, amaliy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi. Tomonlar qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi qadamlar yuzasidan kelishuvga erishdilar.


