“Etalon foydalanuvchisidan — etalon yaratuvchisiga” sari: yosh olimlar bilan ochiq muloqot
2026-05-15 12:00:00 / Yangiliklar

🫥 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilingani munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining yosh xodimlari, tadqiqotchilari va olimlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
🔹 Uchrashuv davomida yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishi, innovatsion gʻoyalari, istiqbolli loyihalari hamda zamonaviy texnologiyalar asosidagi tashabbuslari bilan yaqindan tanishildi.
📝 Shuningdek, joriy yilda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Eng yaxshi yosh metrolog” xalqaro tanloviga qabul qilingan institut xodimlarining taqdimotlari koʻrib chiqildi. Taqdimotlarda mavzularni yanada kengroq yoritish, oʻrganilayotgan yoʻnalishlarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish, qiyosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarni kiritish, Agentlikning raqamli platformalariga natijalarni integratsiya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi.
Uchrashuvda “Etalon foydalanuvchisidan — etalon yaratuvchisiga” shiori ostida metrologiyaning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha hududiy hamda ishlab chiqarish boʻlinmalari tomonidan yangi ishlanmalarni yaratish, ilmiy-amaliy loyihalarni kengaytirish va yosh mutaxassislarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.
🔹 Samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuv yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.




