Yevropa va AQSH bozorlariga eksportni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2026-05-13 12:00:00 / Yangiliklar

✅ Chexiyalik eksport treyderi Tomash Mikiska ishtirokida Texnik tartibga solish agentligi mutaxassislari tomonidan mahalliy to‘qimachilik mahsulotlari eksportini Yevropa Ittifoqi va AQSH bozorlariga kengaytirish maqsadida Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “Ideal”, “Diva Teks”, “Uztex” va “Barrier Teks” korxonalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
✅O'rganish davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati, xalqaro standartlarga muvofiqlik darajasi, eksport salohiyati hamda logistika imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Yevropa va Amerika bozorlari talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish, sertifikatlashtirish jarayonlarini takomillashtirish hamda tashqi bozorlarga chiqish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Uchrashuvlar yakunida eksport bilan mahalliy korxonalar mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi va AQSH bozorlariga eksport qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kelgusida amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.


