Zamonaviy metallurgiya va sifat standartlari muhokama qilindi
2026-05-13 11:00:00 / Yangiliklar

✅ Texnik tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan O‘zmetkombinat aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik jarayonlari hamda mahsulot sifatini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅ Korxonada metallurgiya sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xalqaro standartlar talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ma’lumot uchun, O‘zmetkombinatning litsey-prokat kompleksi mamlakat metallurgiya sanoatidagi yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Kompleksning asosiy maqsadi import o‘rnini bosuvchi metall mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat.
Loyiha doirasida:
— yillik quvvati 1 million tonnadan ortiq issiq prokat metall mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan;
— zamonaviy elektr yoyli pech va prokat texnologiyalari joriy etilgan;
— qurilish ishlarida Danieli hamda Rönesans Holding kompaniyalari ishtirok etgan.
✅ Uchrashuv davomida texnik jihatdan tartibga solish, mahsulot sifati va standartlashtirish sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va texnik infratuzilmani yanada mustahkamlash yuzasidan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.


