Sichuan Xinghe Green Environmental Building Materials Group vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-05-12 11:00:00 / Yangiliklar

✅ Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Sichuan Xinghe Green Environmental Building Materials Group vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ Uchrashuvda zamonaviy me’morchilikda qo‘llanilayotgan yangi, sifatli, arzon, yengil va energiya tejamkor innovatsion qurilish materiallarini, xususan yog‘och-polimer kompozit materiallar (YoPK) hamda polimer kompozit materiallar (PKM) ishlab chiqarishda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, yog‘och-polimer kompozit (YoPK) — bu mayda yog‘och chiqindilari (qirindi, un) va polimerlar (plastik) aralashmasidan tayyorlanadigan zamonaviy qurilish materiali hisoblanadi. Polimer kompozit materiallar (PKM) esa ikki yoki undan ortiq komponentdan tashkil topgan bo‘lib, ularning xususiyatlari an’anaviy materiallarga (metall, yog‘och) nisbatan yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan zamonaviy materiallardir.
Shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyalari, mahsulot sifati, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o‘lchov vositalari, iqtisodiy samaradorlik, ekologik talablar va atrof-muhitga ta’sir, texnika xavfsizligi hamda sanoat sanitariyasi qoidalari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.


