Vatan fidoyilari xotirasiga yuksak ehtirom
2026-05-09 10:00:00 / Yangiliklar

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘ida “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati, markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Vatan ozodligi va xalq tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan insonlar xotirasini yod etib, yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘ydilar. Shuningdek, marosimda millatimizga xos qadriyatlar, inson xotirasiga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish masalalari alohida ta’kidlandi.
Xotiralar bizga tinchlik va osoyishtalik naqadar bebaho ne’mat ekanini doimo eslatib turadi. 9-may — Xotira va qadrlash kuni zamirida ana shunday ulug‘ va teran mohiyat mujassam.
Mazkur tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yurt tinchligi va osoyishtaligini qadrlash g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.




