Toshkentda o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati o‘rganildi
2026-05-06 13:00:00 / Yangiliklar

Texnik tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov tomonidan Toshkent viloyati va Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “TOY BOLA” hamda “O‘YINCHOQLAR FABRIKASI” MCHJlar faoliyati o‘rganildi.
Mazkur korxonalar bolalar uchun o‘yinchoq mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Ruminiya, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya va boshqa MDH davlatlariga eksport qilinmoqda.
Uchrashuv davomida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, korxonalarda texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishidagi mavjud muammolar, xalqaro standartlarga asoslangan menejment tizimlarini joriy etish masalalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
Muloqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoni asosida tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, korxona vakillarining sohaga oid savollariga atroflicha javob qaytarildi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida kelgusida hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, malaka almashish, sifat menejmenti bo‘yicha mas’ul xodimlar malakasini oshirish va ularni o‘qitish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


