Ilm va amaliyot uyg‘unligi: Nukusda muhim hamkorlik uchrashuvi
2026-05-05 10:00:00 / Yangiliklar

✅ Nukus davlat texnika universitetida Texnik tartibga solish agentligi hamda universitet rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Unda universitet rektori B.Kaipbergenov boshchiligidagi universitet vakillari hamda Agentlik direktorining maslahatchisi N.Mamadaliyeva, shuningdek, hududiy filiallar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida universitet rektori tomonidan oliy ta’lim muassasasining bugungi faoliyati, ilmiy salohiyati, ta’lim jarayoniga joriy etilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, Agentlik vakillari tomonidan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Muloqot chog‘ida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish hamda amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishild




