Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati o‘rganildi va hamkorlik istiqbollari belgilab olindi
2026-04-27 11:00:00 / Yangiliklar

✅ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov boshchiligida tizim tashkilotlarining Farg‘ona viloyati filiallari mas’ullari ishtirokida hududdagi bir qator ishlab chiqarish korxonalariga borib, ularning faoliyati bilan tanishildi.
✅ Jumladan, Farg‘ona shahrida joylashgan velosiped va nogironlar aravachasi ishlab chiqaruvchi “Sayqal” korxonasiga, Quvasoy shahridagi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan “MARWIN FRUITLINE” MChJga hamda Marg‘ilon shahridagi tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksportyor “Marg‘ilon Umar Teks” MChJga tashrif buyurilib, korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅ Mazkur jarayonda korxona rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish hamda





